1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish
Download 0.5 Mb.
|
ped-psi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 71. Pedagogik maxoratning moxiyati va tuzilishi
95. Kuzatish metodi
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o`zini o`zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; kuzatiladigan obyekt tanlanadi; sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi; tadqiqot o`tkazish vaqti rejalashtiriladi; kuzatish qancha davom etishi qat`iylashtiriladi; kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o`yin, o`qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o`tkazilishi) ta- yinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg`ulari, nerv sis-temasiningtashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-isho-ralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o`rganiladi. Ammo o`ta murakkab ichki psixo-logik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetishmaydi. Ma-salan, go`dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o`yinchoqlarga mu-nosabati, his-tuyg`usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O`quv-chining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo`zg`atuvchi bilan ta`sirlanishi, temperamenti, xatti-haraka-tining sur`ati, emotsional kechinmasining o`zgarishi to`g`risida ma`-lumotlar to`plashga imkoniyati tug`iladi. O`spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuy-g`usiningo`zgarish xususiyatlari, g`alabaga intilishi, o`ziningharaka-tini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig`ish mumkin. Ish-chining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o`z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o`zini tutishi, imo-ishora-lari, tashqi qo`zg`atuvchidan ta`sirlanish darajasi haqida keng ma`-lumotlar yig`iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, his-tuyg`usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyat-larini aniqlash demakdir. 68. Boshlang’ich sinfda ijodiy tasavvurni rivojlantirish imkoniyatlari Ijodiy qobiliyat - bu aqldan mustaqil bo'lgan mustaqil omil. (J. Gildford, C. Teylor, G. Gruber, Ya.A. Ponomaryov). Yengilroq versiyada bu nazariya aql va ijod darajasi o'rtasida ahamiyatsiz bog'liqlik borligini ta'kidlaydi Ijodiy qobiliyatlar muvaffaqiyatli faoliyatning haqiqiy vositasi bo'lgan umumiy va maxsus qobiliyat darajasiga bevosita bog'liq emas, lekin shaxsning ijodiy salohiyatini o'ziga xos ravishda aniqlamaydi. Ularning hissasi shaxsning motivatsion tuzilishi, uning qiymat yo'nalishlari, ya'ni. umumiy va maxsus bilan parallel ravishda mavjud bo'lgan ijodiy qobiliyatlar mavjud emas (aql va ijod koeffitsientini Gildford tomonidan ajratish). Ijodiy qobiliyatlarning sinonimi sifatida ijodkorlik tushunchasi ko'pincha ishlatiladi (Lat. Creatio dan - yaratish, yaratish). 70. Pedagogik nizolar, ularni bartaraf etish usullari. Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi. Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat. Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qaramaqarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir. Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘z guruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedagog har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo‘lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo‘ladilar. Guruh rahbarining asosiy vazifasi o‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta’sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. O‘qituvchi tomonidan shularga e’tibor berilsa, pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lishni bartaraf etadi 71. Pedagogik maxoratning moxiyati va tuzilishi edagogika fani o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta'lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo'llarini o'rgatuvchi fandir. Pedagogik mahoratga erishish uchun aynan pedagogika faniga oid bilim, ko'nikma va malakalarni egallashgina emas, balki psixologiya fanini ham chuqur o'rgangan kishidagina pedagogik faoliyati davomida pedagogik mahoratga erishish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, pedagogik mahoratga erishish uchun bo'lajak pedagoglar pedagogika va psixologiya fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o'rganish lozim. Ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish – bolalarni to'g'ri tarbiyalash shartidir. Bunda o'qituvchining beg'araz mehnati, bolalarni sevish va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini ta'minlaydi. Ayniqsa pedagoglar ushbu fanni chuqur va puxta bilishlari shart. O'quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatining yuksak darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o'qituvchi topilmasa kerak. Bunga erishishni, ana shu xil orzuning ushalishini pedagogik mahorat deymiz. Xo'sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to'laroq aniqroq ta'rifi «Pedagogik ensiklopediya»da berilgan, deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to'g'ri yoritadi: «Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo'ygan va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchining qiladigan ishi». O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog-bu yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir». Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling