1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish


Pedagogik innovatsiyani asosiy tushunchalari


Download 0.5 Mb.
bet30/36
Sana21.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1641460
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
ped-psi

126. Pedagogik innovatsiyani asosiy tushunchalari
pedagogik innovatsiyalar tasniflash quyidagi variantlardan ajratish o'z ichiga oladi:

  • sinf-dars tizimi foydalanish bilan treninglar tashkil etish;

  • ixtisoslashtirilgan sinflar shakllantirish;

  • o'quv jarayoni o'yin texnikasi dastur.

Innovatsiya ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uning jalb qilish orqali zarur bilim o'xshatmoq uchun talaba beruvchi, klassik va dars tizimidan tark va dizayn texnik ariza beradi. Alohida e'tibor o'qituvchi va talaba, ota-onalar va o'quvchilar o'rtasidagi uzoq hamkorlikning mikrosxemalar yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu mumtoz vazifa tizimida saqlab qolish yoki baland bo'lishi mumkin. Yana bir qiziqarli trend maxsus (individual) ta'lim usullari va dasturlarini yaratish kabi pedagogik bir yangilik
130 Tarbiyaning xususiyatlari
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi Tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi Tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday Tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining Tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish. toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxdab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura Tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda Tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning Tarbiyasi bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq ped.si tajribasi Tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiki tufayli Tarbiyada ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.
Shoʻrolar ped.sida Tarbiya orkali xar kanday odamni istagan ijtimoiy kiyofaga solish mumkin degan karash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining Tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida Tarbiya maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, Bu hol Tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki Tarbiyaning asosiy obʼyekta boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib takaladi.

132. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar kabi ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma`lumot beruvchi nazariyalar ma`lum darajada pedagogika fani uchun manba bo`lib xizmat qiladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi.
Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlari to`g’risidagi ma`lumotlarga asoslanadi va o`zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli u falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika va estetika kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Ma`lumki, har bir o`qituvchi-tarbiyachi, o`quvchi o`z ona yurti tarixini bilishi, vatanparvar bo`lishi lozim. Ta`lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo`lmay turib, o`qituvchilik qilishi mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun uning o`tmishdagi taraqiyotini bilish kerak. Masalan, pedagogika tarixi o`tmishda ta`lim-tarbiya
borasida qanday kurashlar bo`lgani va qanday qilib ijobiy yoki salbiy yakunlangani, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning o`zgarishi tufayli pedagogik g’oyalar, tarbiya muassasalaridagi ishlarning mazmuni va metodlari qanday o`zgarib borganini, tarixda ijod etgan olimlarning pedagogik g’oyalari va ularning faoliyatlari bilan tanishtiradi.
O`qituvchi-tarbiyachi o`quvchilarga bilim berish, ma`lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta`sir ko`rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya`ni ko`rsatilayotgan ta`sirning samarasini bilish uchun pedagog o`quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqat va tafakkur, fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishi va ularga asoslanib ta`sir ko`rsatish rejasini belgilaydi.
Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiologiya kabi fanlar bilan ham uzviy bog’langandir. Ma`lum ma`noda o`qituvchilarga xizmat qiladigan psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish mumkin.
Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo`limi bo`yicha
ma`lumot beradi. Bu fan o`quvchining xulqi, odobi me`yorlarini aniqlash, belgilash hamda go`zallikni chin ma`noda tushuntirish, o`quvchi ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag’bat uyg’otish borasida pedagogika fani bilan aloqadadir. Fanlarni o`qitish yo`llari ham pedagogika fanining didaktika bo`limiga aloqador. Chunki har qanday fanni o`qitish metodi shu fanning mazmuni, tizimini o`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Chunonchi, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va bolalar kasalliklari kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada. Bu fanlar bir-biriga chambarchas bog’liqdir. Pedagogika fani ob`ekti yil sayin kengayib bormoqda, natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimini tashkil etadi.
134. Ta’lim turlari

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling