1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish


Download 0.5 Mb.
bet32/36
Sana21.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1641460
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
ped-psi

Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.

176. Islom dini g‘oyalarining ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
Islom dinining muqaddas kitobi «Qur’on»da «Alloh sizlami onalaringiz qomidan biron narsa bilmagan holingizda chiqardi va shukur qilishingiz uchun sizlarga quloq, ko‘zlar va dillami berdi». «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ulaming birovlarini birovlaridan (ya’ni erkaklami ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu-himoyati bilan (erlarining molmulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovehi xotinlar yaxshi xotinlardir». Islomdan oldingi zamonlarda erkak va ayolning oila va jamiyatda tutgan o‘rni tubdan farq qilib, ko‘pincha ayollar jinsiga past nazar bilan qaralganini eslasak, «Qur’on»da keltirilgan ushbu ilohiy so‘zlaming naqadar katta ahamiyatga molik ekanini payqash qiyin emas. Yuqoridagi oyatlarda oiladagi er va xotinning shar’iy o‘mi belgilab berilgan. Shariat hukmiga ko‘ra, er birinchi navbatda oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy masalalariga mas’ul bo‘lgan, shuningdek, uni turlituman xurujlardan himoya qilishi tadbirkorlik, vazminlik, og‘irbosiqlik kabi xislatlari tufayli oilaning boshlig‘i er hisoblanadi, yaxshi xotin esa iffat va diyonatli, o‘z erining xonadonini obod qiluvchi hamda unga bir umr sodiq bo‘lgan pok umr yo‘ldoshidir.
136. Rag’batlantirish turlari
O'quvchilarning har biri O'zining o'sib, ulg'ayib, kamol topib borayotganini bilishi kerak. Faqat shundagina O'quvchi o'zining olg'a siljib borayotgannni ko'ra biladi, o'z kuchiga ishonadi.
Uni hurmat qilishadi, unga ishonishadi, unga quloq solishadi, u jamoaga kerak, u o'qituvchisini qiziqtiradi. Bunga erishish uchun rag'batlantirish usulidan foydalanish lozim. Chunki rag'batlantirish bolaga ishonishga, unda bo'lgan ijobiy qobiliyat va fazilatlarning kuchini e'tirof etishga asoslangan. Rag'batlantirish o'quvchining ko'nglini ko'taradi, quvonch keltiradi, o'quvchini yanada tarbiyali bo'lishga yordam beradi. Amaliyotda rag'batlantirishning quyidagi turlari qo'llanadi:

1.
O'quvchining kuchi etadigan, mas'uliyatli topshiriq berish



orqali bolaga ishonch bildirish; bunda o'quvchi o'z qadr-qimmati bilan faxrlanadi;


  1. Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida);


  2. Esdalik sovg'asi berish (kitob, ruchka, o'quv asbobi va boshqalar);


  3. Maqtov yorlig'i berish;


  4. Stipendiya bilan taqdirlash;


  5. Hurmat taxtasiga fotosuratini qo'yish;


  6. Qo'llab-quvvatlash;


  7. Mas'uliyat va jamoaning minnatdorchiligi;


  8. Safda birinchi o'rinda turish;


  9. Musobaqalarda bayroq ko'tarish;


  1. Gazetada, radioda e'lon va h. k.




Har qanday rag'batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo'llanishi lozim. Ya'ni, rag'batlantirish haqiqiy xizmatga muvofiq bo'lishi, ketma-ket bo'lmasligi, haddan oshirib maqtash, boshqa o'quvchilarga taqqoslab ularni kamsitishga yo'l qo'ymaslik, rag'batlantirishga bo'lgan talabchanlikni bo'shashtirmaslik va hokazo.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling