1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish


Pedagogikaning boshqa fanlar bilan uzaro aloqadorligi


Download 0.5 Mb.
bet34/36
Sana21.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1641460
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
ped-psi

4 9. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan uzaro aloqadorligi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtai nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud (1-rasm):
53. Didaktik o’yin Keyingi yillarda ilg’or o`qituvchilar tajribasida didaktik o`yinlardan ta`lim metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o`yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o`quv-tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, shuningdek, ularning har birida bilimlarni og’zaki bayon etish, ko`rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo`llaniladi. Shu hususiyatlariga ko`ra didaktik o`yinlar sintetik harakterga ega.
56. Didaktik o’yinlarni amalda qo’llsh shart-sharoitlari Simulyativ o`yin-ta`limni hayotda bo`lib o`tgani ijtimoiy voqealarga tenglashtirish, ularni qiyosiy tarzda tashkil etish va boshqarish metodidir. Bu o`yindan tarix, geografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o`qituvchi Amir Temur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi, shu yo`l bilan ta`lim bo`lib o`tgan tarixiy voqeaga qiyoslab tashkil etiladi.
Simulyativ o`yinlarning bir ko`rinishi insenirovka (rollarga ajratib o`qish) metodidir. Boshlang’ich sinflarda badiiy matnlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni rollarga ajratib o`qitish an`anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. Adabiyot o`qituvchilari «Tuya bilan bo`taloq» asarini o`qitganda bir o`quvchi yozuvchi, ikkinchi o`quvchi tuya, uchinchisi esa bo`taloq so`zlarini o`qib ishtirok etishadi.
Situativ o`yinlar ham asta-sekin maktab tajribasida o`z o`rnini olib bormoqda. Mehmon kutish, kasalni davolash, harid qilish kabi turli haetiy vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, ta`limni tashkil etish va boshqarish situativ o`yinlar sirasiga kiradi.

291. Pedagogik mahorat- bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi
266. Didaktika haqida tushuncha Didaktika pedagogikaning ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan bo‘limdir. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, “didasko”- o‘qitish, “didaskal” - o‘rgatuvchi, degan ma’noni bildiradi. Didaktikaning so‘zma - so‘z tarjimasi ta’lim, o‘qitish nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi quyidagi masalalarni: ta’lim jarayonining mohiyati, ta’lim mazmuni, ta’lim qoidalari, ta’lim metodlari, ta’limni tashkil etish shakllari hamda ta’limda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hisobga olish va baholash kabilarni o‘z ichiga oladi. Didaktikaning asosiy maqsadi, vazifasi o‘qituvchini o‘qitishga doir ma’lumot, mahorat bilan, o‘quvchilarni esa ilmiy bilimlar ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir.
267. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Didaktika termini qadimgi Gretsiyada Afina va Sparta shaharlarida eramizdan avvalgi IV - V asrda paydo bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy, Misr va Markaziy Osiyo davlatlarida rivoj topgan.
O‘zbek didaktikasiga Al-Xorazmiy, A.R.Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy, M.Ulug‘bek, A.Avloniy, M.Behbudiy, Muhammadrasul Rasuliy, Q.Niyoziy va boshqa mutafakkirlar hamda hozirgi mashhur pedagoglar, olimlar munosib hissa qo‘shmoqda.
Didaktikaga oid materiallar mashhur pedagog YA.A.Komenskiy, Ushinskiy va boshqalar tomonidan boyitildi.
Didaktikaning asoslari hikmatlar, hadislar va xalq og‘zaki ijodining boshqa manbalarida o‘z aksini topgan. Ayniqsa vatandoshimiz B.Zarnudjiyning “O‘quvchiga ta’lim yo‘lida qo‘llanma” asari bag‘oyat qimmatlidir.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling