1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish
Metodik usul sifatida savollarga qo‘yiladigan talablar quyidagilar
Download 0.5 Mb.
|
ped-psi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy tarbiya
- Mehnat tarbiyasi
- Jismoniy tarbiya
- Estetik tarbiya.
- Ekologik tarbiya
Metodik usul sifatida savollarga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
-aniqlik, konkretlik, go‘zallik (lakonizm); -ifodalarning turli-tumanligi, ya’ni bir narsaning o‘zini har xil so‘rash: -mantiqiy izchillik; -bolalarning yoshlari va o‘rganiladngan materialga bog‘liq holda reproduktiv va produktiv savollar orasidagi optimal munosabat; -savollar bolaning fikrini uyg‘otishy, uning tafakkurini rivojlantirish, o‘ylashga majbur qilishi, kerakli narsani ajratishi, tahlil o‘tkazishi, taqqoslashi, qarshi qo‘yishi. umumlashtirishni talab qilishikerak; -savollar miqdori ko‘p bo‘lmasligi, ammo qo‘yilgan didaktik maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak; -yo‘l-yo‘riq beruvchi va alternativ savollardan foydalanmaslik kerak. Tarbiyachi odatda savolni butun guruhga beradi, unga javobni chaqirilgan bolagina beradi. Ayrim hollarda, ayniqsa, kichik guruhlarda jo‘r (xor) bo‘lib yalpi javob berishlari ham mumkin. Bolalarga javobni o‘ylashlari uchun imkoniyat berish kerak. Katta yoshdagi bolalarga savollarni mustaqil ifodalashni o‘rgatish kerak. Konkret vaziyatda, didaktik materialdan foydalanib, tarbiyachi bolalarga buyumlarning miqdori, ularning tartib o‘rinlari, o‘lchami, shakli, o‘lchash usullari haqida bir-birlaridan so‘rashni taklif qiladi. Tarbiyachi bevosita taqqoslash natijalari bo‘yicha savollar (“Karim kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqosladi. Undan nima haqida so‘rashmumkin?”), doska oldida bajarilgan amaliy ishdan keyin savollar (Hiloladan so‘rang-chi, u buyumlarni ikki qatorga yoyib nimann bilib oldi? Qarang, men nima qildim. Mendan nima haqida so‘raysiz?), bir qator-da yonma-yon o‘tirgan bola bajargan harakatlar asosida (“SHerzoddan nima haqida so‘rash mumkin?”) berishga o‘rgatadi. Agar savollar aniq shaxsga -tarbiyachiga, o‘rtog‘iga, yo‘nalgan bo‘lsa, bolalar savollar berish malakasini samarali, muvaffaqiyatli egallaydilar. 111. Tarbiya turlari Tarbiya turlari ta'rifi 1 Aqliy tarbiya-Aqliy tarbiya. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘zo‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirani mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik —bu donolik. Donolik —bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida „Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas“, deyiladi. 2. Axloqiy tarbiya- „Axloq“, „xulq“ va „atvor“ so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odamlar „Axloq —kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmuyi“ deyishsa, boshqalar esa „Axloq—ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, hamma sohalarda kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi“, deyishadi. Axloq me’yorlari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid xatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir. Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga o‘rgatadi. Axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish tarbiyalanuvchilarning axloqiy mukammallashishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. 3. Mehnat tarbiyasi- Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga bo‘lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, vatani manfaati yo‘lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga hayotiy zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat faoliyatini bajarish jarayonida zarur bo‘ladigan bilimlar o‘zlashtiriladi, fan asoslari, politexnik ta’lim o‘rganiladi. 4 Jismoniy tarbiya-Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni mustahkamlash, inson organizmini chiniqtirish va o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il bolalarni armiya safariga tayyorlash; badantarbiya va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta g‘amxo‘rlik qilinmoqda. 5. Estetik tarbiya. Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari, san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi. U quyidagi metodlardan foydalangan holda olib boriladi: Badiiy asarlarni namoyish qilish va ijro etish. Badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash. 6. Ekologik tarbiya- Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borish talab etilmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir. Ekologik tarbiya, albatta, ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling