1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish
Download 0.5 Mb.
|
ped-psi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taʼlimning sinf-dars tizimi
Yan Amos Komenskiy (1592.28.3, Janubiy Moraviya, Nivnitse — 1670.15.11, Amsterdam) — chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi. Faoliyati nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi qaratilgan "Chex qardoshlari" diniy uyushmasiga mansub oilada tugʻilgan.
Taʼlimning sinf-dars tizimi — maktabda oʻquv jarayonini tashkil etish tizimi. Unda oʻquvchilar yosh xususiyatlari va oʻqish muddatlariga koʻra muayyan sinflarga ajratilib, taʼlim oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq, asosan, dars shaklida olib boriladi. Taʼlimning sinf-dars tizimi individual taʼlim oʻrnida vujudga kelib, uning ayrim belgilari qadimiy maktablarda ham mavjud boʻlgan. 10-asrga kelib, Arab xalifaligiga qarashli Iroq, Suriya, Misr singari mamlakatlardagi maktablarda amaldagi "imlo" usuli oʻrniga "tadris" usuli joriy etilishi har bir oʻquvchi bilan alohida shugʻullanishga asoslangan oʻqitish tizimi oʻrniga taʼlimning muayyan miqdordagi bolalar jamoasi bilan birvarakayiga olib borilishi moʻljallangan dars shaklini yuzaga keltirdi. Lekin islom pedagogikasida dars tushunchasi mavjud boʻlgani hodda sinf tushunchasi qatʼiy emasdi. Taʼlimning sinf-dars tizimini nazariy jihatdan toʻla asoslab, oʻqitish amaliyotiga tatbiq etgan kishi buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy boʻlgan. U oʻzining "Buyuk didaktika" (1632), "Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari" (1653) asarlarida oʻqitishning sinfdars tizimini har jihatdan asoslab berdi. Bunga koʻra, oʻquvchilarni maktabga qabul qilish vaqti, bola yoshi, oʻqishning boshlanish va tugallanish payti, oʻquvchilarning oʻqish vaqti qatiy chegaralanadigan, mashgʻulotlar rejaga muvofiq muayyan tartibda tashkil etiladigan boʻldi. Tanaffus, taʼtil singari tushunchalar Ya. Komenskiy tavsiyalariga muvofiq joriy etilgan. Taʼlimning sinf-dars tizimi 19-asrga kelib Yevropaning koʻplab mamlakatlarida maktab taʼlimining yetakchi tizimiga aylandi. 107. Pedagogika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” fanining maqsadi: pedagogik turkum fanlarini samarali o’qitish qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod, vosita, usul va texnologiyasi, pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy elementlari, o’quv-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish yo’llarini aniqlash va talabalarni ulardan xabardor qilish Ma’lumki, maqsadga uning negizida muayyan vazifalarni belgilash va hal qilish asosida erishiladi. Oliy ta’lim muassasalarida “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi”ni o’qitishda quyidagi vazifalar hal qilinadi. 1. Bo’lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashni takomillashtirish maqsadida o’quv predmetining maqsadi, vazifalarini, pedagogik fanlarni integratsiyalash vositalarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish. 2. Pedagogik turkum fanlarni o’qitish jarayonining asosini tashkil etuvchi qonuniyatlar va didaktik tamoyillar to’g’risidagi masalalarni hal qilish; 3. Talabalarda o’quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda samarali shakl, metod, vosita, usul va texnologiyalarni tanlash hamda tizimlashtirishga oid bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish. 4. Pedagogik turkum fanlarni o’qitishga doir tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va tizimlashtirish. 5. Pedagogik turkum fanlarni o’qitishga oid mualliflik yondashuvlarini modellashtirish va ularni pedagogik ta’lim amaliyotiga tatbiq etish. 6. Bo’lajak pedagoglarni kasbiy pedagogik faoliyatda ijodiy imkoniyatlarni namoyon qilishga rag’batlantirish. O’quv predmetining maqsad va vazifalari belgilanganda uning ob’yekti va predmetini ham aniqlab olish ahamiyatli sanaladi. 108. Tarbiya metodlarini izohlang Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling