1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish


Muammoli ta’lim texnologiyasi kim tomonidan joriy qilindi?


Download 0.5 Mb.
bet12/36
Sana21.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1641460
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
ped-psi

37. Muammoli ta’lim texnologiyasi kim tomonidan joriy qilindi?
Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60 yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.  Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya yotadi.
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitish g’oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.

38. Muammoli o’qitish, o’qitishning qanday usulidir?
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo’g’ini muammoli ta’lim yo’nalishi sanaladi.
Muammo-grekcha πρόβλημα. so’z bo’lib, keng ma'noda o'rganish, hal qilishni talab qiladigan murakkab nazariy yoki amaliy savoldir; fanda - har qanday hodisalarni, ob'ektlarni, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi pozitsiyalar ko'rinishida ishlaydigan va uni hal etish uchun etarli nazariyani talab qiladigan qarama-qarshi vaziyat; Hayotda muammo odamlar tushunadigan tarzda shakllantirilgan: "Men nimani bilaman, qanday ekanligini bilmayman", ya'ni nimaga erishish kerakligi ma'lum, ammo buni qanday amalga oshirish noma'lum .
Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda o’quvchilar oldiga yechish uchun muammoni qo’yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin. 
Muammoli ta’lim texnologiyalari – o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan.
Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonni fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega.

39. Dj.Dyun muammoli o’qitish texnologiyasida o’qitish uchun nimalarni asos qilib belgiladi?


40. Ta’lim va tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish
Tarbiyaga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va ularning o‘ziga xosliklari
Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.
Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas'uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta'lim, o‘rta ta'lim va o‘rta maxsus, hunar-texnika bilim yurtlarida ta'lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
Tarbiya - muayyan maqsad asosida, rejali, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan davomiy jarayondir.
Tarbiya deb-shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi
Tarbiya – o‘qituvchi va talaba (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchining ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish, yosh avlodni muayyan maqsad asosida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni xalqning boy mafkuralari asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling