1 personalni boshqarish fanining mohiyatini tushuntirinh
Personalni boshqarishning guruhli (matritsali) tashkiliy tuzilmasining mohiyatini tushuntirib bering
Download 66.54 Kb.
|
variant 50
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Personalni boshqarishga oid qanday yondashuvlar mavjud
2. Personalni boshqarishning guruhli (matritsali) tashkiliy tuzilmasining mohiyatini tushuntirib bering.
Personalni boshqarishning matritsali tashkiliy timlmasi (3.12 - rasm) kompaniya yoki firma jamoasi a’zolari mehnat jarayonidan to’la qoniqish hosil qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadini ko’zlaydi 3.12-rasra. Personalni boshqarishning matritsali tashkiliy Personalni boshqarishning (matritsali) guruhli tashkiliy tuzilmasining ijobiy tomonlari bilan birga, o ’z kamchiliklariga ham ega. Bunday tuzilmada guruhlar amalda barqaror bo’lmaydi, ulardan intensiv foydalanish guruh a ’zolarini doimiy ish o’rinlaridan mahrum etadi. Bundan tashqari, bunday guruhlarda menejerlarning personal bilan shug’ullanishi murakkablashadi, rahbar va mutaxassislaming tez-tez almashib turishi esa nazoratni bo’shashtirib yuboradi. Personalni boshqarishning u yoki bu shaklini tanlash bir qator omillarga bog’Iiq. Ular orasida eng ahamiyatlilari quyidagilardir: — faoliyat miqyosi va xilma-xilligi; — korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli; — texnologiya turi; — rahbarlar va xodimlar tomonidan korxonaga munosabat; — ichki muhitdinamikasi; — personalni boshqarish strategiyasi 3. Personalni boshqarishga oid qanday yondashuvlar mavjud? Personalni boshqarishga “inson kapitali” usulida yondashish ishchi 66 kuchini tashqaridan yollamasdan korxonaning o’z mehnat salohiyatini rivojlantirishga asoslangan. Ushbu yondashuv „yaratish yoki sotib olish” falsafasining bir ko’rinishidir: ayrim kompaniyalar o’z mahsulotlarini butlovchi qismlarini ishlab chiqarishdan ko’ra sotib olish foydaliroq deb hisoblaydilar, boshqalari malakali personalni o’zlari tayyorlash va rivojlantirishga pul sarflashdan ko’ra, tayyor xodimni chetdan yollashni afzal biladilar. “Inson kapitali” yondashuvida personalni o’qitish mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlashi kerak. SHu bilan birga, o’qitilgan personal korxona (firma) tashqarisidan ish izlashi imkoniyati to’la-to’kis bartaraf etilishi darkor. Ushbu masalada boshqaruv strategiyasi agar personal mazkur firma tomonidan O’qitilgan bo’lsa, uning mansab vazifasida o’sishi bevosita shu firma bilan bog’Iiq bo’lishini ko’zda tutadi. Mazkur strategiyaning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud. Yuqori raqobatli tashqi mehnat bozori sharoitiarida firma uchun personalga qo’shimcha malaka Uchun yuqori ish haqini belgilash (xodimni qo’ldan chiqarib yubormaslik uchun) foydaliroqdir. Ushbu holda firma personal o’z malakasini oshirishini moddiy jihatdan rag’batlantirib boradi. Shunday qilib, personal uchun yuqori malaka — firmadagi kadriar qo’nimsizligini kamaytirishni anglatadi. Personalni boshqarishdagi ikkinchi “mehnat bozori” yondashuvi ish beruvchini tashqi mehnat bozorida eng maqbul kasbga ega ishchi kuchini qidirishga rag’batlantiruvchi omillar bilan bog’liqdir. Bu holda tashqi bozordan ishchi kuchini jalb etish muayyan cheklashlarga ega ekanligini hisobga olish lozim. Jumladan, kadrlami tanlash uchun sarf-xarajatlar talab etiladi. Bozor kon’yunkturasi mazkur firma uchun talab etilayotgan malakali ishchi kuchiga taklifini kamaytirishi mumkin, ushbu sharoitlarda tashqi mehnat bozoridan foydalanish personalni yollash bilan bog’Iiq xarajatlami ko’paytirib yuboradi. Natijada, korxona (firma) uchun ishchi kuchini o’zi rivojlantirishi manfaatliroqbo’ladi. Malakali va tajribali personalni ishda saqlab qolishga e’tibor kuchayadi. Uchinchi yondashuv “korxonaga sodiklik"ka asoslangan. Bu holda personalni korxona (firma) faoliyatiga jalb etish shu darajaga etadiki, xodimlarda korxonaga o’z mulkidek munosabatda bo’lish shakllanadi. Mazkur yondashuvda xodim va ish beruvchi bilan iqtisodiy munosabatlar personal va korxona o’rtasidagi shartnomada mustahkamlangan bo’ladi. Ushbu shartnomada ish haqi, boshqa iqtisodiy masalalar mas’uliyati, hokimiyatni sui iste’mol qilish cheklovlari belgilab qo’yiladi. “Korxonaga sadoqat" psixologik omillar — personalning sidqidilligi, topshiriqlaming aniqligi va ulaming ijroga bog’liqligi, shaxsiy qadriyatlar va firma qadriyatlari, shaxsiy va guruhiy munosabatlami qamrab oladi Download 66.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling