1. Polimer materiallari turlari va tuzilishi Polimer materiallaridan uy-ro’zg’or buyumlarini tayyorlash usullari


Download 23 Kb.
bet4/7
Sana11.03.2023
Hajmi23 Kb.
#1258879
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Butayeva 1 mustaqil

Xossalari va vazifasiga qarab polimerlar quyidagi turlarga bo`linadi.
1. Plastik massalar (plastmassa) faqat yuqori harorat ta`sirida yumshaydigan, mustahkamligi yuqori va nisbatan kam eguluvchan qattiq materiallar;
2. Sintetik tolalar kamida 180-200 oSdan keyin yumshab cho`ziladigan mustahkam iplar;
3. Kauchuklar yuqori harorat ta`sirida xam o`z elastikligini saqlaydigan polimerlar;
4. Lok va bo`yoqlar metall, yog`och va shisha materiallar bilan mustahkam bog`lanib harorat, havo va mexanik ta`sirlardan ularni himoya qiluvchi polimerlar.
3. Plastmassa turlari va ularni qo`llanilishi.
Plastmassa (plastik) deb – polimerlar asosida olingan mustahkam, qattiq va elastik materialga aytiladi.
Plastmassa – yunoncha “plastic” – “qayishqoq” va lotincha “massa” –“yumaloqlangan narsa” so`zlarining birikmasidan tashkil topgan.
Plastmassalar ham polimerlarga o`xshab harorat ta`sirida plastik xususiyatga ega bo`lib har xil shaklga kirishi mumkin. Plastmassalarning xossalari ularning asosiy tashkil qiluvchi polimer xossalariga ko`p jihatdan bog`liq. Shunga qarab termoplastlar va termoreaktiv plastmassalar (reaktoplastlar) farq qilinadi. Ko`pchilik plastmassalar tarkibida polimerdan tashqari to`ldiruvchilar va qotiruvchilar, katalizatorlar, stabilizatorlar, mayinlashtiruvchilar (plastifikatorlar), bo`yovchilar va moylovchi materiallar bo`lishi mumkin.
Birinchi kashf qilingan plastmassalar bosim va qizdirish natijasida muayyan sharoitda shaklga aylanib, sovugandan keyin tashqi muhit ta`sirida ilgarigi holatiga qaytolmas edi.
Keyinchalik issiqlik ta`sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro qilindi. Jahonda birinchi bo`lib plastmassa selloidni 1856 yil ingliz kimyogari Aleksandr Parkezi ixtiro qilgan.
Plastmassalar shaklining qayta tiklanishi bo`yicha termoplast va reaktoplast turlarga bo`linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, poliyetilen, polivenilxlorid, polistirollar) molekulalari bo`ylama joylashganligi sababli issiqlik ta`sirida shaklini o`zgartiradi, ya`ni ulardan yasalgan buyumlarning chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masalan, aminoplast va ftoroplastlar) molekulalari to`rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo`lmaydi.

Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling