1. Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari Populyatsiyaning guruhlik xislati Populyatsiya klassifikatsiyasi
JINSIY VA GENERATIV STRUKTURA MOHIYATINI O'RGANISH VA TAHLIL QILISH
Download 145 Kb.
|
populyatsiyalar 12 mavzu
JINSIY VA GENERATIV STRUKTURA MOHIYATINI O'RGANISH VA TAHLIL QILISH
Reja:
Gul va uning qismlarining morfologik tuzilishi. To`pgul, uning tiplari. Gulning changlanishi. Chetdan va o`z-o`zidan changlanish, uning mohiyati O`simlik ma`lum yoshga yetgach, ko`payish organlarini hosil qiladi. Bu organlar generativ organlar deb yuritiladi. Generativ organlarga gul hamda undan rivojlangan urug` va meva kiradi. Bir va ikki yillik o`simliklar o`z hayoti davomida bir marta gullab urug` beradi. Ko`p yillik o`simliklar esa hayoti davomida ko`p marta gullaydi va urug` beradi. Bunday o`simliklar polikarp o`simliklar deyiladi. Shunday o`simliklar borki, ular ko`p yil yashasada umrida bir marta gullaydi. Bularga agavalar, ayrim bambuklar, shuningdek bizda o`sadigan Ferula turkumiga mansub ayrim yirik soyabondoshlar kiradi. O`z umrida bir marta gullaydigan va urug` beradigan bunday o`simliklarni monokarp o`simliklar deyiladi. GULNING TUZILISHI VA UNING QISMLARI. Gul aslida shakli o`zgargan novda bo`lib, uning qismlari bajaradigan vazifasiga ko`ra metamorfozga uchragan. To`liq gul quyidagi qismlardan: gulbandi, gulo`rni, gulqo`rg`on, gultoji, changchi va mevachidan iborat. Gulbandi gulni novdaga biriktirib turadi. Gulbandining yuqori qismi kengaygan bo`lib, u gulo`rni deb yuritiladi. Gulning qolgan barcha qismlari ana shu gulo`rniga birikkan bo`ladi. Gulkosa gulning tashqi qismi. U ko`k rangdagi bargchalardan iborat bo`lib, ular gulkosachabarglar deb yuritiladi. Ularning soni turli o`simliklarda turlicha bo`ladi. Masalan, krestguldoshlarda 4, ra`noguldoshlarda 5 tadan bo`ladi. Gulkosachabarglar alohida yoki qo`shilib o`sgan bo`ladi. Ular guldan kelib chiqqan bo`lib, asosiy vazifasi gulning ichki nozik qismlarini himoya qilishdan iborat. Gultoji, odatda, chiroyli ranglarga bo`yalgan bo`ladi. U to`g`ri, yani aktinomorf va noto`g`ri, yani zigomorf bo`ladi. Aktinomorf gullarda tojbarglarni o`lchami va shakli bir xil, simmetrik joylashgan bo`ladi (masalan, nargiz). Zigomorf gullarda esa toj barglarning shakli va o`lchami har xil, simmetrik joylashmaganligi uchun undan faqat bitta tekislik o`tkazish mumkin (masalan, no`xat). Shuningdek assimetrik gultoji ham bo`lib, undan bironta ham tekislik o`tkazib bo`lmaydi. Gultojining rangi undagi pigmentlarga bog`liq. Oq rangli gultojibarglarda esa pigmentlar bo`lmaydi. Bu ranglar hasharotlarni jalb qilish uchun xizmat qiladi. Gultojining asosiy vazifasi esa changchi va urug`chilarni himoyalashdan iborat. Gultoji va gulkosa birgalikda gulqo`rg`on deb yuritiladi. Gulning asosiy qismi changchi va urug`chilar hisoblanadi. Alohida olingan changchi (uni mikrosporofill deb yuritiladi), odatda, changchi ipi va changdondan iborat. Changdonning o`rtasidan bog`lagich o`tgan va u aslida changchi ipining davomi hisoblanadi. Bog`lagich changdonni ikkiga bo`lib turadi. Har qaysi bo`lakning ham o`rtasidan to`siq o`tgan. Shunday qilib, har qaysi changdon 4 ta chang uyasidan iborat. Changchilar gulda 1 tadan bir nechta, xatto o`ntagacha bo`lishi mumkin. Ularning soni bir turga mansub o`simliklarda, odatda, bir xil, shu sababli bu asosiy sistematik belgilardan biri hisoblanadi. Masalan, g`allalarda ularning soni 3 ta, dukkaklilarda 10 ta va hokazo. Guldagi changchilar to`plami esa androsey deyiladi. Changdonda chang etiladi. Changlarning o`lchami kichik, odatda, 5-150 mkm ga teng bo`ladi. Shakli esa shar va oval shaklda, tarkibi ko`plab oziq moddalar: qand, yog`, mineral tuzlar, oqsil va vitaminlarga boy. Gulda bitta yoki bir nechta urug`chi bo`lishi mumkin. Guldagi urug`chilar to`plamini ginesey deb yuritiladi. Urug`chi urug`langandan so`ng meva hosil bo`ladi, shu sababali uni ba`zan mevachi ham deb yuritiladi. Urug`chi, odatda, 3 qismdan: tuguncha, ustuncha va og`izchadan iborat. Og`izcha turli tuzilishiga ega, lekin ularning hammasi changni yaxshi ushlab qolishga moslashgan. Ustuncha qabul qilingan changni tugunchaga o`tkazish vazifasini bajaradi, Tuguncha ichida urug`murtak joylashib, urug`lanish jarayonidan keyin unda urug` etiladi. Tugunchadan meva, tuguncha devoridan esa meva qati hosil bo`ladi. Agarda gulda ham androsey, ham ginesey bo`lsa, u ikki jinsli gul deyiladi. Bir jinsli gullarda faqat androsey yoki ginesey bo`ladi. Faqat adroseyi bo`lgan gullar bir jinsli erkak gul, faqat gineseyi bo`lgan gullar esa bir jinsli urg`ochi gul deyiladi. Erkak va urg`ochi gullar bitta o`simlikning o`zida joylashgan bo`lsa, bular bir uyli o`simlik deyiladi. Masalan, yong`oqning yosh novdalari uchida urg`ochi gullar, ikki yillik novdalarida sirg`asimon to`pgulda esa erkak gullari joylashgan. Demak, bu o`simlik bir uyli hisoblanadi. Agarda erkak gullari bir o`simlikda, urg`ochi gullari boshqasida joylashgan bo`lsa, ikki uyli o`simlik deyiladi. Ismaloq, nasha, tol, terak, oblipixa, archa, aylant va boshqalar bunga misol bo`ladi. Gulning tuzilishini formula shaklida ifodalash mumkin. Buning uchun uning qismlari quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: gulkosa – Ca (Calyx), gultoji – Co (Corolla), gulqo`rg`on – P (Perigonium), androsey – A (Androeceum), ginesey – G (Gynoeceum). Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling