1. приветствиe. Знакомство (Уроки 1-3) животные (Уроки 4-15)


« Лесные животные » o’yini


Download 0.51 Mb.
bet110/112
Sana13.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1350801
TuriУрок
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
MTM rus tili

« Лесные животные » o’yini
Tarbiyachi bolalarga vaxshiy hayvonlar ham bo’lishini (волк, лисица, медведь va h.k), ular boshqa hayvonlarni yeyishini va yana yahshi hayvonlar ham borligini ular bilan o’ynash mumkinligini (птица, мышь, собака, заяц, кот va h.k) eslatib o’tish kerak. Keyin bolalar o’rmondagi maysalarda o’ynashni boshlashadi, Tarbiyachi bu paytda qanday hayvon kelayotkanini aytib turadi. Agar yahshi hayvon kelayotkan bo’lsa bolalar uni baqirib chaqirishlari kerak: «Иди сюда!», agar vaxshiy hayvon bo’lsa unda « Уходи!"deb qichqirishlari kerak.
« Угадай животное » o’yini
Tarbiyachi bolalarga hayvon rasmlarini tarqatadi. Har bir bola navbati bilan rasmdagi hayvonni tasvirlab beradi, qolgan bolalar uni topadi. Lekin eng asosiysi osha hayvon nomini ruscha aytishlari kerak bo’ladi, masalan: « Это заяц ».
« Чего не хватает? » o’yini
Tarbiyachi o’tilayotkan mavzu bo’yicha oyinchoqlarni (rasmlarni) stolga terib qo’yadi, bolalar «Закройте глаза! » buyrug’i bo’yicha ko’zlarini yumadi, bu vaqtda Tarbiyachi bironta o’yinchoqni yashirib qo’yadi. Bolalar yo’qolgan o’yinchoqni sezib uni nomini rus tilida aytishlari kerak.
«Что это?» o’yini
Tarbiyachi qopchadan o’yinchoqlarni oladi, masalan, ayiqni va bolalarga savol beradi «Что это?». Bolalar savolga to’gri javob berishlari kerak: « Это медведь ».


« Да, это / Нет, это не так » o’yini
Tarbiyachi bolalarga rasmlarni ko’rsatib, ularni nomlarini tavsifini aytadi. Bolalar «Да, это » deb javob qaytaradi, agar hato bo’lsa « Нет, это не так » deb javob qaytarishadi. Masalan, Tarbiyachi, fil rasmini ko’rsatib « Это бегемот » deydi, Bolalar « Нет, это не так »!deb javob qaytarishadi.
Yoki Tarbiyachi, maymunni rasmini ko’rsatib « Это Обезьянa» deydi, Bolalar «Да, это» deb javob qaytarishadi shu tariqa o’yin davom etadi.


«Бабочки и птицы» o’yini
Tarbiyachi Sexrli tayoqchasini olib bolalarni qushchalarga, qizlarni kapalakchalarga aylantirib qo’yadi. Tarbiyachini o’zi boyo’g’li rolini o’ynaydi. Agar boyo’g’li: « Лети сюда!» desa, Bolalar ohista uni yonida uchib yurishadi. Agar boyo’g’li « Улетай, птицы » desa, qushlar (bolalar) stullarga darahtlarga uchib ketishadi. boyo’g’li faqat uchib ketolmagan qushchani tutib oladi (kapalaklar uchib ketishmaydi joylaylarida qolishadi). Agar boyo’g’li « Улетай, бабочки » desa, kapalaklar (qizlar) stullarga darahtlarga uchib ketishadi, ulgurolmay qolganini boyo’g’li tutib oladi(qushlar uchmay joyida qoladi) boyo’g’li kimni tutib olgan bo’lsa stullarga o’tirib o’yinni ohirini kutishadi. O’yin ohirida Tarbiyachi hamma bolalarni o’z holiga qaytarib qo’yadi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling