1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni


TASHKILOT HAYOTINING XODIM MOTIVASIYASIGA TA’SIRI


Download 277.59 Kb.
bet16/57
Sana16.06.2023
Hajmi277.59 Kb.
#1495094
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Bog'liq
1- тема

9. TASHKILOT HAYOTINING XODIM MOTIVASIYASIGA TA’SIRI.
Tashkilotlar o’rtasidagi raqobatning kuchayishi, mahsulot ishlab chiqarishda yangi ixtirolarga talab oshishi sharoitida xodimlardan iloji boricha faollik va tashabbus kutiladi. Bunday vaziyatda xodimning ichki motivasiyasini kuchaytirish tashkilot oldida turgan vazifalarni hal etishdagi asosiy omildir.
Qator tadqiqotlar asosida tashkilotdagi mavjud turli omillarning xodim motivasiyasiga ta’sirini 107 betdagi chizma ko’rinishida bayon etish mumkin. Chizmadan ko’rinib turganidek tashkilotda qator omillar borki, ular xodim motivasiyasini kuchaytiradi. Bular orasida eng ahamiyatlisi xodimni mutaxassis sifatida tan olish, u bilan maslahatlashish, xodimga o’z kasbi ustasi maqomida unga ishonch bilan qarashdir. Bajarayotgan ishidagi yuqori natijalar xodimning g’ayratiga g’ayrat qo’shadi va faolligini oshiradi. Bu borada xodim qobiliyatiga mos vazifa berish va uni muvaffaqiyatli ado etishni ta’minlash juda muhimdir. Xodim tomonidan tashkilot maqsadini aniq tasavvur etish va bu maqsadni qabul qilish kuchli motivasiya omili hisoblanadi.
Ushbu ro’yxatning pastki qismida xodim motivasiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omillar o’zining ta’sirchanligi bo’yicha foiz ko’rsatkichida keltirilgan. Ular qatoriga – xodimni tanqid qilish va uni tan olmaslik; malakasiz boshqaruv faoliyati; xodimning tashkilot hayotidan bexabarligi; haddan tashqari xajmdagi ish bilan ta’minlash yoki aksincha, ishning kamligi tufayli bo’sh qolishlar; vazifani bajarish mobaynidagi muvaffaqiyatsizlik; xizmat yuzasidan o’z majburiyatlarini aniq bilmaslik va maqsadning yo’qligi kabi sabablar kirar ekan.

3-rasm. Tashkilotdagi motivatsiya omillari



3-MAVZU: BOSHQARUV FAOLIYATINING MOHIYATI VA RAHBARLIK PSIXOLOGIYASI 1. RAHBAR SHAXSI


Shaxs tushunchasi psixologiya fanida markaziy o’rinni egallaydi va asosiy psixologik talqinlar shaxs mavzusi atrofida amalga oshadi.
Shaxsning turli ta’riflari mavjud, lekin bu tushunchani to’laroq aks ettiradigan quyidagisi o’rinli: «Shaxs bu - o’zining bilimi, hissiyoti va munosabatlari orqali tashqi olamni o’zgartira oluvchi subyekt, insondir».
E’tibor berilsa, ushbu ta’rifda shaxsga xos uch jihat sanab o’tiladi: 1. Bilish; 2. Hissiyot; 3. Munosabat. Shu uch guruhga kiruvchi xislatlar yagona maqsadga, ya’ni tashqi olamni insonning o’z ehtiyojiga binoan o’zgartirishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish sharoitida inson xulqini tushunish va uni boshqarish uchun shaxs tabiati haqida ma’lum bir ma’lumotga ega bo’lish kerak.
Tashkilotda shaxs o’zgalar bilan munosabatga kirishar ekan, demak, u turli ijtimoiy guruhlar faoliyatida qatnashadi. Shu munosabat bilan shaxs a’zo bo’lgan guruh va jamoalarga xos psixologik qonunlarni ham tahlil etish zarurati tug’iladi. Ushbu bo’limda esa aynan rahbar shaxsi, uning muvaffaqiyatli boshqaruv faoliyati uchun xos va zurur xislatlar haqida to’xtalib o’tamiz.
Boshqaruv jarayonini psixologik tahlil etish masalasi, avvalambor, rahbarning faoliyatini takomillashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun rahbarga qo’yiladigan talablar, ularni bajarishga moyillik va boshqaruv faoliyatini to’laqonli amalga oshirishga to’sqinlik qiluvchi shaxs xususiyatlarini o’rganish zarurati tug’iladi.

Download 277.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling