1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni


MARKETINGNING ASOSIY TAMOYILLARI VA VAZIFALARI


Download 277.59 Kb.
bet51/57
Sana16.06.2023
Hajmi277.59 Kb.
#1495094
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Bog'liq
1- тема

2. MARKETINGNING ASOSIY TAMOYILLARI VA VAZIFALARI
Marketing faoliyati uchun quyidagi tamoyillarga xosdir.

  1. Bozorni, iqtisodiy xolatini va korxonaning ishlab chiqarish, sotish imkoniyatlarini chuqur va har taraflama o’rganish

  2. Bozorni segmentlash

  3. Ishlab chiqarish va sotishning xaridor talablariga aniq javob berishi

  4. Yangilik kiritish

  5. Rejalashtirish

Bu tamoyillarni yanada mukammalroq ko’rib chiqamiz.

  1. Bozorni chuqur va har tomonlama o’rganish bozor ehtiyojlari, bozor holatini o’rganishni ko’zda tutadi. Narx-navo siyosati, bozor sig’imi, tovarning iste’mol xususiyatlari, savdoni tashkil qilish, sotish kanallari.

Bundan tashqari, korxonaning ishlab chiqarish sotishi imkoniyatlari: tovar navlari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish hodimlar tarkibi va boshqalar o’rganiladi. Bunday tadqiqotlar korxona faoliyatining strategiyasi va taktikasi aniqlashga imkon beradi.

  1. Segmentlash harakatning samaradorligi va maqsadga qaratilganini oshiradi, chunki korxona o’zi uchun ixtisosiga eng mos keladigan bozor segmenti, u ishlashi kerak bo’lgan iste’molchilarning aniq guruhini aniqlashi darkor (segment – bozordagi ehtiyoj, xohish va imkoniyatlari bo’yicha o’xshash xaridorlarning guruhi).

  2. Ishlab chiqarish va sotishning faol va salohiyatli ehtiyoj talablarga epchilik bilan javob berishi korxona ishlab chiqarish- sotish faoliyatini bozor holati va aniq iste’molchilar ehtiyojlariga bog’liq holda boshqarishning jadalligi va moslashuvini ko’zda tutadi.

  3. Yangilik kiritish (innovation)-zamonaviylashtirib yangilangan tovarning doimiy takomillashuvi yangi tovarlar, yangi texnologiyani yaratish va ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarida yangiliklar kirishishni ko’zda tutadi. Bundan tashqari yangilik kirishish faoliyatiga yana yangi bozorlarga kirishda yangi shakl va uslublarni qo’llash. TJO’Rga yangiliklarni kirishish, korxonani boshqarishda yangi xujjatlarni shakllantirish ham kiradi.

  4. Rejalashtirish (planninot)-moslashish tamoyilining mantiqiy davomi va qo’shimchasi bo’ladi. Bu tamoyil bozor va holatiy bashoratlarni ishlab chiqishga asoslangan marketingning ishlab chiqarish-sotish dasturlarini ko’zda tutadi.

Yuqorida sanab o’tilgan tamoyillarga muvofiq quyidagilar marketingning asosiy vazifalari bo’ladi.

  • Bozorni kompleks ko’pyoqlama tadqiq qilish, holatni tahlil va bashorat

qilish;

  • Korxona ishlab chiqarish-sotish imkoniyatlarini tahlil qilish;

  • Marketing strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqarish

  • Tovar siyosatini amalga oshirish

  • Narx-navo (distribsion) siyosatni amalga oshirish

  • Kommunikasion siyosatni amalga oshirish

  • Marketing xizmatlari tuzilmasini shakllantirish

  • Marketing faoliyatini nazorat qilish va uning samaradorligini baholash;

Marketing tamoyillari va vazifalarini amalga oshirish firma korxonani bozorga mos holda bosh ta’minlaydi.
Marketing qo’llanish sohalari va obyektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko’ra guruhlanadi: ichki, tovarlar bo’yicha, eksport, import, ilmiy-texnik to’g’ridan to’g’ri mablag’ (investisiya) kirishish marketing, xalqaro marketing, notijorat faoliyati sohasidagi marketing, ijtimoiy g’oyalari markteing. Ichki marketing, qoidaga ko’ra, bir omon doirasida tovar va xizmatlarni sotish masallari bilan bog’liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga kiradi, yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, ya’ni raqobatlardan mahsulotlarni yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi.

Download 277.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling