1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni


Download 277.59 Kb.
bet53/57
Sana16.06.2023
Hajmi277.59 Kb.
#1495094
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
1- тема

2. REKLAMANING MOHIYATI


Reklama bozor faoliyatnining ko’rinishi bo’lib, marketigninng bir bo’limidir. U tavarlar harakatida asosiy o’rinni egallaydi.
Ko’pgina mutaxasislar reklamani kommunikasiya shakli deb qaroydilar, chunki reklama tovarlar sifatini, xizmat ko’rsatishini, g’oyalarini istemolchilarning talab va ehtiyojiga mos ravishda muvaffiqlashtirishga intiladi.
Reklamaning mohiyati-ishlab chiqaruvchi manfaatidan kelib chiqib, xaridorlarda tovarni sotib olish to’g’risida tasavvur uyg’otishi, o’sha tovalar yoki xizmat turiga nisbatan qiziqish hamda unga ega bo’lish ishtiyoqini yuzaga keltirish zarur. O’sha reklama qilinayotgan tovar yoki xizmatlar iste’molchilarning ehtiyojlarini ma’lum darajada qondirishga ishonch hosil qilinishi lozim.
Tovar ishlab chiqaruvchilar reklamaga o’z tovari bilan bozorga kirayotganligi to’g’risidagi axborot deb qaraydi. Demak, reklama jarayonida ishlab chiqaruvchining manfaati mahsulotni bozorda sotishga xaridor manfaati esa o’z ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo’ladi.
Reklamaning vazifasi-iste’molchilarga tovar va xizmatlar haqida axborot berish va ularni sotib olishga undashdan iborat.
Tabiiyki o’sha reklamani ko’rgan iste’molchilar psixologiyasida unga nisbatan moyillik yuzaga keladi. Imkoni bo’lsa xarid qilib olishi mumkin.
Soddaroq qilib aytganda, reklama tovarlarga iste’molchilarni jalb qiluvchi vositadir.
Reklama mazmunan va shakllan muhim bilish jarayoni hisoblangan diqqatni o’ziga jalb eta oladigan tarzda tashkil etilsa, o’zining ijobiy samarasini beradi. ulug’ rus pedagogik K.D. Ushinskiy ta’kidlaganidek; «diqqat ruhiy hayotimizning shunda yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi» diqqat tafakkur bilan birga aks etadi. U bilim jarayonining tiniq va asosli bo’lishiga sababidir.
Reklama-obrazli qilib aytganda, diqqat eshigimiz orqali ruhiy hayotimizga kirib borib, tafakkurning muhim operasiyasi-taqqoslash orqali o’sha tovar yoki xizmatlarga nisbatan bir-biriga o’xshashligi yoki bir-biridan farqi haqida ma’lum fikrga kelishimizga sabab bo’ladi. Masalan, Rossiyaning «Dosya» kir yuvish kukuni reklamasida kini tozalash sifatida qimmat kir yuvish kukunlaridan aslo qolishmasligiga alohida urg’u beriladi.
Demak, xaridor psixologiyasida buncha ishonch hosil bo’lib, «qimmatidan farq qilmasa nega qimmat narsani olishim kerak. «Dosya»ni sotib olsam ham pulni tejayman ham kirlar sifatli yuviladi» degan fikr yuzaga keladi.
Odatda reklamalar so’ngida «mahsulot kafolatlangan», xizmatlar lisenziyalanganligi e’tirof etiladi. Bu reklamaning halol, adolatli, iste’molchilarni chalg’itish emaslikka ishoradir. Reklama har doim savdo bilan bog’liq ekan unda halollik har doim stivor bo’lmog’i lozim. Sotuvchi xaridorga mahsulotning kamchiligini va ijobiy tomonini aytib sotilish lozim. Savdodan halollik muqaddas hodislardaham keltirib o’tilgan. Savdogarlik bilan shug’ullangan payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ham adolat tamoyillariga tayanganlar.
Zamonaviy reklamada ham mahsulotning sifati bo’rttirib ko’rsatilmay, boshqa tovarlarni kamsitmagan holda, halol yoritilishiga e’tibor qaratiladi, aks holda o’sha reklama vositaga jarima O’zR «Reklama to’g’risida»gi Qonunda ko’rsatib o’tilgan.
Hozirgi kunda reklama iqtisodiyotning ixtisoslashgan sohalariga aylanib bormoqda. Ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda uncha katta e’tibor beriladi. Reklama faoliyatiga har yili AQShda 75-80 mlrd dollar, Yaponiyada 28-29 mlrd dollar,
G’arbiy Yevropada o’rtacha 10mlrd dollar mablag’ ajratiladi.
AQShda yalpi milliy mahsulotning 2-2,5 foizi, Fransiyada-1 foizi sarflanadi.
Bu tovar tannarxining 10 foizini tashkil etadi.

Download 277.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling