1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni


Download 277.59 Kb.
bet56/57
Sana16.06.2023
Hajmi277.59 Kb.
#1495094
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
1- тема

4.Ovozli reklama. Mazkur reklama usulida maxsulot to’g’risidagi axborot va xabarlar radilo, magnitafon, megafon kabi moslamalar orqali iste’molchilarga yetkaziladi. Bunday reklamalarning samaradorligini oshirish uchun jozibador so’zlarning tanlanganligi, kishi ongiga tez ta’sir etuvchi musiqa ohanglarini jo’r qilish, reklamani o’qib beruvchining gapirish ohangi, madaniyatiga e’tibor qaratish lozim.
5.Vitrina-ko’rgazma reklamasida mahsulotlar rastalar va peshtaxtalar taxlab yoki veshilka (oskich)larga osib qo’yiladi. Yoki manekenlarga (odam yoki organizm shakli) kiydirib qo’yiladi. Mahsulotini nozik did bilan eng sifatlilarini qulay joyga joylashtirish muhimdir. Bunda tovarlar turlarga ajratilib, narxlari ko’rsatib qo’yilsa hamda tovarlarni terishda ham ekzotik figuralar yasab, turli fantaziyalardan foydalanilsa, tovar xaridorgirligini oshiradi.
6.Internet reklamasi. So’ngi paytlarda juda keng tarqalmoqda. Bu reklama ahsulot va xizmatlar haqida to’liq ma’lumot beradi. bunda reklama kichik sahifalar, yozuvlar, fotosuratlar har xil manzaralar orqali saytlarda aks ettiriladi.
Internetdagi reklamaning ustun tomoni shundaki unda televideniya orqali, gazeta, jurnal orqali namoyish etish mumkin bo’lmagan imkoniyat mavjud. Bunda reklama juda keng miqyosida uzatiladi chunki uni butun dunyoga uzatish mumkin.
Kamchiligiga kelsak, noqonuniy reklama qilish hollari uchraydi. Chunki internetdagi ma’lumotlarni nazorat qilish imkoniyati cheklangan.
7.Tasviriy, fotografik reklama. Bunda plakatlar, katta reklama yozuvlari reklama vositasidir. Plakatlar kattaligi kishilarda o’zgacha e’tibor paydo qilishi bilan reklamaning muvaffaqiyatini oshiradi. Qorong’u tunda ajoyib yorug’lik taratib turgan yoritgichdagi reklama har bir kishini diqqatini tortishi tayin. Ilyustrasiya qilinayotgan rasmlar mavhum bo’lmay, oddiy va aniq bo’lishi lozim.
-plakatlardagi rasmlarda ko’proq yosh bolalarning rasmlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, reklama samaradorligi aniqlanganda oiladagilarning boshqa suratiga nisbatan yosh bolaning surati kishilar diqqatini ko’proq o’ziga jalb etishi ma’lum bo’ldi.
-agar reklama rangli suratlarda chop etilsa, ikki barobar esda yaxshiroq qoladi. Chunki inson xotirasiga ranglarning ayniqsa, yorqin ranglarning ta’siri katta bo’ladi.
Tarixiy materiallarni ko’proq viski, vino konyak kabi ichimliklarga qo’llagan ma’qul. Qolgan turdagi reklamalar uchun zamonaviy motivlarni qo’llash maksimal natija berishi mumkin.

Download 277.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling