1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari Matn va uning turlari


Download 65.75 Kb.
bet12/21
Sana15.06.2023
Hajmi65.75 Kb.
#1486569
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
3-mavzu.sirt.1-sem.

5.Internet haqida
Internet [lot. inter – aro va net (work) – tarmoq] — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o’zaro bog’lovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik o’rni, zamon va makondan qat’iy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar o’zaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda iste’molchilarga ma'lumotni saqlash, e’lon qilish, jo’natish, qabul qilish, izlash va ma’lum bo’lgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. ko’rinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi ХХ asr 60-yillarida paydo bo’ldi. O’sha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga to’g’ri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush bo’lib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek bo’lsa, o’rniga yangi qo’shimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shug’ullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmog’i uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki o’n yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish sur’ati davlat, ta’lim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning o’ziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bog’liq bo’ldi.
6. Reklama va uning turlari
Qadimiy Rimda reklama uchun maxsus devorlar- albumslar tiklangan. Bu devorlarga turli xabarlar ko'mir bilan yozilgan. Maxsus reklama uchun devorlar qolib, boshqa devorlarda ham reklamalar to'lib ketganidan Rim ma'muriyati qaror chiqarishga majbur bo'ladi. Qarorda “Devorlarga yozish man etiladi. Kimki yozsa, unga g'am-alam, omadsizlik bo'lsin”, -deyiladi.
XV asrda harakatlanuvchi bosma harflarning kashf etilishi reklama ishining yanada tarqqiy etishiga sabab bo'ldi. 1450 yilda Guttenberg Yevropada pechatli (bosma) varaqalarni ishlab chiqara boshladi. Guttenberg kashfiyotini qabul qilgan Angliyalik Uilyam Kokoston 1473 yili birinchi reklamasini pechatli bosma varaqada chiqaradi. Bu pechatlangan varaqalarda diniy kitoblar targ'ibot qilingan edi.
Bundan bir asrdan ortiqroq muqaddam Atlantada, to'g'rirog'i, Jorjiya shtatida Farmatsevt Jon Pemberton mahsulot yaratadi. U 1886 yili ma'lum bir o'simlik va yong'oqning hidini beruvchi, jigarrang, xushta'm sirop yaratdi. O'sha yili 1 mayda Pembertonning eleksiri har stakani besh tsentdan yaxob tarzida sotiladi. Muvaffaqiyat ketma-ket kela boshladi. 29 mayda Atlantaning “Djornl” gazetasida mazkur ichimlik katta sahifada reklama qilindi. Shahar aholisi yopirilib kela boshladi. Bu hozirgi mashhur “Coca-cola” edi. Muhimi shundaki, o'shanda ham, hozir ham shu ichimlik reklamasi matnida qo'yidagi so'zlar uchraydi.
Muhimi shundaki, o'shanda ham, hozir ham shu ichimlik reklamasi matnida qo'yidagi so'zlar uchraydi.

Reklama odatda juda qimmat turadi. Shuning uchun ham firma uning asosiy vazifasi nimadan iborat ekanligini unutmagan holda qilinajak reklama haqidagi o‘zining chuqur o‘ylangan marketing yechimini qabul qilishi kerak. Mablag‘ haqida masala ravshanlashib borganda, reklama bo‘yicha shug‘ullanuvchilarga qanchalik katta mas’uliyat tushishini ko‘ramiz, ya’ni reklama bo‘yicha mutaxassis qobiliyatli bo‘lmasa va mavjud imkoniyatlardan foydalanib ish yuritmasa, avvalo o‘z ishi, muassasasining obro‘sini ham tushirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun reklama bo‘yicha mutaxassis marketing muhitini va tashkilotdagi marketing strukturasiga tayangan holda quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim:

  • reklamadagi asosiy element - tovarlarni sifati va korxonani bozordagi mavqeyi;

  • tovarlar reklamasida barchani jalb etadigan oddiy, gohida xaridorlarning tovarlarni ko‘rish uchun safarbar qiladigan usullar bo‘lishi;

  • tovar reklamasi qimmat bo‘lganligi uchun shunday reklama tayyorlash kerakki, u arzon bo‘lsin;

  • reklamada tovarni turli ranglarda ko‘rsatish va bu ranglar xaridorlarni o‘ziga jalb eta olishi zarur;

  • tovarni reklamasida mahalliy an’analarni hisobga olish va tovarni qaysi regionlarda va qaysi yoshdagi xaridorlarga mo‘ljallangan bo‘lishi juda muhimdir.

Tayyorlanayotgan reklamaning samarali chiqishi pishiq, tuzilgan korxona tarkibida marketing bo‘limining faoliyatiga va uni boshqaruvchi-menejerning qobiliyatiga ham bog‘liq Asosan reklama beruvchi firma va tashkilotlar o‘z strukturasini ichki imkoniyatlariga bog‘liq holda tuzadilar.
O‘zbekistonda hozircha bozorda marketing muhiti yetuk darajada bo‘lmaganligi sababli ham bu strukturadagi muassasalar ko‘pdir.
Bozorda aniq bir maqsadga tayangan holda ish yurituvchi kompaniyalar ham bor. Ularning tarkibiy tuzilishi ham faoliyat yuritish predmetiga bog‘liq. Quyida asosan ishlab chiqaruvchi korxonalar va yirik davlat miqyosidagi kompaniyalar berilgan.
Bu tarkib bo‘yicha reklamani boshqarishda chakana savdoda samaradorlikka erishish mumkin. Shu bilan birga marketing xizmati faoliyati korxonada yangi chiqqan tovarlar yordamida iste’molchilar xohishlarini, ya’ni moddiy jihatdan o‘ziga to‘q bo‘lganlarni boshqarish imkonini beradi.

Download 65.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling