1. Pul haqida tushuncha. Pul islohatlari
Download 0.69 Mb.
|
Ro\'ziyev Elyorjon 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASI Mavzu: Pul islohotlari 1.Pul haqida tushuncha. 2.Pul islohatlari. 3. Pul muomalasini barqarorlashtirishdagi o’rni. 4. Pullar haqida qiziqarli faktlar5. Xulosa Toshkent 2023 Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi. Pul (fors-toj.) — Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qoʻllanilgan mis chaqa pul. Masalan, 1 pul XVIII-XIX asrlarda Qoʻqon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 pul 1/40 tillaga, 1932-yilgacha Eronda 1/40 qironga teng boʻlgan. Pul — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita. Pul ayirboshlash, toʻlov, qiymat oʻlchovi, jamgʻarish (boylik toʻplash) kabi vazifalarni bajaradi. Qiymat oʻlchovi — tovarlar qiymati miqdori Pul orqali oʻlchanadi. U boshqa hamma tovar qiymatini ifodalaydi; ayirboshlash vositasi — Pul vositasida tovarlar oldisotdi qilinadi; jamgʻarish vositasi — pul oʻzida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi oʻz tovarini sotib, Pulga boshqa tovar sotib olmasa, u Pulni jamgʻaradi. Pul jamgʻarish uchun, ayniqsa, Pil qadrining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; toʻlov vositasi — tovarga uni sotib olingan vaqtda emas, balki maʼlum muddatdan soʻng haq toʻlanadigan tovar muomalasi jarayonida yuzaga keladi. Nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi toʻlanganda, qarz qaytarilganda Pul toʻlov vositasi rolini bajaradi. Pulning bu vazifasi muomalaning turli kredit vositalari — veksel, chek, banknotlarnp keltirib chiqaradi. Pul shakliga koʻra, naqd pul (aniq moddiy shaklga, yaʼni qogʻoz, tanga) va naqd boʻlmagan Pul (aniq moddiy shaklga ega boʻlmagan, bankdagi bir joriy hisobvaraqdan boshqasiga koʻchirib yozib qoʻyish orqali harakat qiluvchi pul) koʻrinishida buladi. Muomala doirasi darajasiga koʻra, milliy Pul (asosan, mamlakat hududida amalda boʻladigan), xalqaro yoki mamlakatlararo (baynalmilal) pulga boʻlinadi. Maxsus chiqariladigan jahon Puli yoʻq, ammo umumiy universal toʻlov vositasi rolini eng qadri yuqori, erkin almashtiriladigan pul uynaydi. Hozirgi paytda dunyoda AQSH dollari, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi va 2002-yil yanvardan muomalaga kiritilgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining pul birligi — yevro jahon puli vazifasini bajaradi 1994-yilning 1-iyul sanasi milliy valyuta — soʻm muomalaga kiritilgan kun. Milliy valyuta tizimi bir qator bosqichlarni bosib oʻtgan. Markaziy bank tomonidan 1991-1993-yillar davomida milliy valyutani muomalaga kiritish uchun juda koʻp izlanishlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganildi. 1993-yilning 15-noyabridan boshlab toʻlov vositasi sifatida “Soʻm-kupon” muomalaga kiritildi. Pul islohotini amalga oshirish borasida maʼlum tajribaga ega boʻlish uchun “Soʻm-kupon” oʻtish valyutasi sifatida xizmat qildi. Ushbu yoʻnalishda yetarli tajriba toʻplangach, 1994-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi “soʻm” muomalaga kiritildi. Dastlabki muomalaga chiqarilgan banknot va tangalar xorijiy davlatlarda tayyorlangan. 1995-1996-yillarda banknot va tangalarni tayyorlashning toʻliq siklini joriy etish maqsadida Markaziy bank qoshida “Davlat belgisi” korxonasi va uning tarkibida Qogʻoz fabrikasi, Bosma fabrika va Zarbxona tashkil etildi va oʻzimizda “pul ishlab chiqarish” yoʻlga qoʻyildi. Bu korxona hozirda “Davlat belgisi” DUK deb yuritiladi.Milliy valyutamiz – soʻm mamlakatda mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish, iqtisodiyotda hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Ish haqi va ijtimoiy toʻlovlar soʻmda toʻlana boshladi. Shu tariqa davlatning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi mustaqil pul-kredit siyosati shakllantirildi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling