1. Pul haqida tushuncha. Pul islohatlari


Pullar tayyorlanadigan material


Download 0.69 Mb.
bet6/6
Sana08.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1178208
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ro\'ziyev Elyorjon 2023

Pullar tayyorlanadigan material
Ko‘plab mamlakatlarda qog‘oz banknotlar maxsus materialdan tayyorlanadi. Unda 75 % paxta tolasi va 25 % zig‘ir ishtirok etadi. Istisno tariqasida esa — aytaylik, Avstriyada pul banknotlari plastikadan tayyorlanadi.
Eng qimmatbaho tanga
Qadimgi pullar kolleksionerlarga qimmatga tushadi. Ularning ichida eng qimmatbaxosi — dekadraxm xisoblanadi. Ular faqat ayrim istisnoli xollardagina, ya’ni muxim voqea-xodisalar ro‘y bergan paytdagina zarb qilinar edi.

Qadimgi grek draxmasi
Xulosa: Aslida pul hech narsa emas, u shunchaki bir qog’oz holos, ammo shu bilan birga kimlar uchundir u hamma narsa hamdir. Pul ba’zilar uchun orzu-umid, erkin yashash, istagan ishni bajarish, istagan narsasiga erishish imkoni. Ba’zilar esa pulni peshona teri bilan keladigan va unchalik ko’p bo’lmaydigan qimmatli qog’oz. Pulning bor-yo’qligi kishining hayotiga ta’sir qiladi.
Chindan ham pul hammamizning hayot tarzimizni o’zgartiradi. Biroq kishining pulga bo’lgan munosabati uning hayotga va odamlarga bo’lgan munosabatiga ta’sir qiladi. Kishining pulga bo’lgan munosabati uning bolaligidan shakllanadi. Ota-onalar o’zlari bilmagan holda bolalariga pul haqidagi fikrlarini singdirishadi. Masalan qiynalib, og’ir mehnati tufayli pul topayotgan otalar bolalariga: «Pul daraxtda o’smaydi, uni qiynalib topasan», – deya uqtirishadi. Qiynalmay pul topayotgan olg’ir ota onalar esa: «Pul topish qiyin emas, muhimi qaerdan pul chiqishini bilsang bas», – deya uqtirishadi. Ba’zi ota-onalar esa «Baxtni va sog’liqni pulga sotib olib bo’lmaydi» – deyishadi. E’tiqodli oiladagilar esa «Pul yovuzlikni tug’diradi, pulga ruju qo’yish kishini Xudodan uzoqlashtiradi. Pul egasining jannatga tushishiga to’sqinlik qiladi» – deya fikr bildirishadi. Xullas ota-onaning pulga bo’lgan munosabati bolasiga ham o’tadi. Pul haqida to’g’ri fikr yuritadiganlar juda kam topiladi.
Albatta pulga baxtni, muhabbatni va sog’liqni sotib olib bo’lmaydi. Puli kam insonlar ham baxtli bo’lishlari, muhabbatli hayot kechirishlari mumkin. Pul baxt saodat keltira olmas, ammo uning yo’qligi ham kishini avvalgidanda baxt-saodatliroq qilib qo’ymaydi. Pulga to’g’ri munosabatda bo’lgan inson uni yomonlik yo’lida ishlatmaydi. Yaxshi qo’llardagi pul egasiga va atrofdagilarga yaxshilik va sahovat keltiradi. Ko’pchilik o’ylaganiday pul zulm manbai emas, aksincha pulga ochlik zulm manbai bo’ladi.
Insonning pulga bo’lgan munosabati uning qanday yashashiga, qancha pul topishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Haddan tashqari pulga berilib ketganlar insoniy qadriyatlar, mehr-oqibat, yaxshilik kabi ijobiy hislatlardan benasib bo’ladilar. Pulni zulm manbai, pulning ko’pligi kishiga ziyon keltiradi, deb bilganlar esa, kam pul topib, zo’rg’a hayot kechiradilar. Bu ikki holat ham to’g’ri emas. Ammo uni hayotning bosh maqsadi qilib qo’yish ham kerak emas. Siz yaxshi yashashingiz uchun etarlicha pul topishga qodirsiz. Xudo bergan kuchni, iqtidorni oilangizga etarli darajada pul topishga sarflang. Ammo maqsadingiz faqat pul topishdan iborat bo’lib qolmasin.
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling