1. Qadimgi turkiy til morfologiyasi haqida ma’lumot. Qadimgi turkiy tilda ot so‘z turkumi


Download 473.5 Kb.
bet13/31
Sana13.02.2023
Hajmi473.5 Kb.
#1194049
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
3-Ma\'ruza (1)

Sanoq son. Bu turdagi sonlar morfologik ko‘rsatkichlarga ega emas. Sanoq sonlar konkret miqdorni bildiradi: bir, iki, uč, tört, yigirmi, otuz, yüz, miŋ va h. Shuni ta’kidlash kerakki, dona son ma’nosi ko‘pincha sanoq son bilan ham ifodalangan: Süsi üč biŋ ärmiš “lashkari uch mingta askardan iborat ekan” (To‘n).
Tartib son. Tartib sonlar sanoq son negiziga – , –ïnč, inč, -unč, -nti kabi affikslarni qo‘shish orqali hosil bo‘lgan: ikinč “ikkinchi”, altïnč “oltinchi”, üčünč “uchinchi”, onunč “oʻninchi”, ikinti “ikkinchi” kabi.
Taqsim son. Sanoq sonlarga -ar, -är, -rar, -rär, -sar kabi affikslarni qo‘shish bilan hosil qilingan: onar “oʻntadan”, birär “bittadan”, üčär “uchtadan”, ikirär “ikkitadan”, altïrar “oltitadan”, toquzar “toʻqqiztadan” kabi.
Jamlovchi son qo‘shimchasi -ağu, -ägü shakliga ega: altağu “oltov”; törtägü “toʻrtov”.
Dona sonlar sanoq sonlarga -ta, - da affikslarni qo‘shish bilan yasalgan: birtä, ikidä.
Chama sonlar sintaktik usul bilan beriladi, ya’ni quyi tartibdagi birlik son yuqori miqdordagi son bilan keladi: bir iki, iki üč, tört beš.
Hisob soʻzlar: yolï “marta”, bağ “bogʻ”, sürük “suruv”, qata “marta”.
OLMOSH
Olmoshlar semantik va grammatik xususiyatlari bilan boshqa so‘z turkumlaridan farq qiladi. Olmosh ot, sifat, son va ba'zan boshqa so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanib, predmet va unga xos bo‘lgan belgining mavjudligini ko‘rsatadi. Olmosh predmetlikni yoki uning belgisini doimiy emas, balki muayyan o‘rinlarda
ifoda qiladi. Shu jihatdan olmosh mustaqil so‘z turkumi hisoblansa-da, aniq ma'noga ega bo‘lmaydi. Olmoshning asosiy ma'nosi va qaysi so‘z turkumlari o‘rnida ishlatilishi matn ichida oydinlashadi.
Olmoshlar semantik xususityati va vazifasiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi.

Download 473.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling