1-Qashqadaryo 2-Toshkent 1
Natura holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti
Download 34.96 Kb.
|
MMT-96k-2 Teshabayev O. Statistika Joriy.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital xarajatlar schyoti
Natura holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti.
Bu schyotning umumiy tuzilish sxemasi quyidagicha:
Kapital xarajatlar schyoti Bu schyotda mamlakat miqyosida va iqtisodiyot sektorlari o‘rtasida kapital xarajatlarning manbalari va ularning qanday kapital xarajatlar turlariga ishlatilishi jarayonlari yozib boriladi. Mamlakat miqyosida kapital qo‘yilmalar hajmini tiklash va ko‘paytirishning asosiy manbaasi iqtisodiyot birliklarining yalpi jamg‘armasi va chet eldan olingan sof kapital transfertlardan iborat. Odatda, barcha rezident birliklarning yalpi jamg‘armalari yig‘indisi Yalpi milliy jamg‘arma(YaMJ), deb ataladi. Bu ko‘rsatkich sof usulda (ACI alohida hisoblangan bo‘lsa) Sof milliy jamg‘arma(SMJ), deb ataladi. SMJning musbat bo‘lishi mamlakatda o‘z kapitalini ko‘paytirishga yoki chet elga investitsiyalar kiritish uchun mablag‘lari borligini (sof investor bo‘lishi mumkinligini) bildiradi. Oxirgi fikr, ushbu schyotning saldo ko‘rsatkichida (sof kreditlar shaklida) nomoyon bo‘ladi. Agarda SMJ manfiy ishora bilan chiqsa, mamlakatda o‘z kapitalini tiklashga o‘z mablag‘larining etishmasligini yoki chet eldan sof qarzdor bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Bu holatni schyotning tuzilish sxemasida yaqqol ko‘rish mumkin. Mamlakat miqyosida kapital xarajatlar schyotining umumiy tuzilish sxemasi quyidagicha:
Kapital xarajatlar schyotini iqtisodiyot sektorlari kesimida tuzish iqtisodiy tahlil va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanish istiqbollarini bilish uchun juda muxim ma’lumotlarni beradi. Shu sababli, iqtisodiyot sektorlari kapital xarajatlar schyotlarini tuzilish sxemasini yoritishga xarakat qilamiz. Download 34.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling