1-Qashqadaryo 2-Toshkent 1
Daromadlarning shakllanishi schyoti
Download 34.96 Kb.
|
MMT-96k-2 Teshabayev O. Statistika Joriy.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi
Daromadlarning shakllanishi schyoti
Bu schyot mamlakat miqyosida, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari kesimida tuziladi. Schetni tuzishdan ko‘zlangan maqsad, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hamda iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning tarkibini aniqlashdan iborat. Shu bilan birga, schyotdagi ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha institutsion birliklarning birlamchi daromadlari tarkibini ifodalaydi.
Daromadlarni shakllanishi schyoti iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari kesimida tuziladi. Shuni ta’kidlash lozimki, agar tarmoq, sektorlar davlat tomonidan bevosita ishlab chiqarish uchun subsidiya olgan bo‘lsa, bu subsidiya qiymati ham (ishlab chiqarish schyotida) yalpi mahsulot tarkibiga qo‘shib hisoblangan bo‘ladi. Shu sababli, iqtisodiyot birliklarining YaQQ ko‘rsatkichlari tarkibida ularning olgan subsidiyalari qiymati o‘tirgan bo‘ladi. Shu holatni e’tiborga olsak, iqtisodiyot tarmoq va sektorlarining daromadlarni shakllanishii schyotida bevosita ishlab chiqarish uchun olgan subsidiyalar qiymati alohida qayd etilmaydi. Uning qiymati sof foyda yoki aralash daromad tarkibiga kirgan bo‘ladi. Shuni aytish joizki, daromadlarni shakllanishi schyoti ko‘rsatkichlaridan iqtisodiy tahlilda keng foydalanish mumkin. Ular orqali mamlakatda va iqtisodiyot sektorlarida bo‘lgan tizmiy o‘zgarishlarni, mamlakatda yuritilayotgan soliq, moliya va daromad siyosatining yaratilgan daromad tarkibiga ta’sirini va unda bo‘lgan o‘zgarish(siljish)larni bilish mumkin. Bundan tashqari, schyot ko‘rsatkichlari dinamik qatorlarini tuzib, undan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning istiqbollarini ifodalovchi indikatorlarni iqtisodiyot sektorlari kesimida prognoz qilishda foydalanish mumkin bo‘ladi. Iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlarida schyotning umumiy tuzilish sxemasi quyidagicha bo‘ladi:
Download 34.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling