1. Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay kelishik qo’llash bilan bog’liq xatolikka yo’l


Download 92.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.05.2023
Hajmi92.39 Kb.
#1447938
Bog'liq
DTM testt



1. Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay 
kelishik qo’llash bilan bog’liq xatolikka yo’l 
qo’yilgan? 
A)Sport bilan shug’ullanish faqat inson jisminigina 
emas,balki uning ruhiyatini ham tetiklashtiradi. 
B)Uni naqadar oqko’ngil ,fidoyi,matonatli va kuchli 
ekanligini ravshan his qilasan. 
C)Kampirning jig’i-biyroni chiqdi; ombordan olib 
chiqqan paxtasi bilan chig’irig’ini ko’tarib,uyga kirib 
keldi
D)Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish 
uchun uyga chopdim.
2.Bu 
hikoyada 
muallifning 
onasi 
ammasining 
qistoviga binoan folbinga borib qo’shnisi Sepkilli 
xolani o’g’riga chiqarib qo’yadi. Ammo onasining 
yo’qotgan narsasi keyin topilib rosa uyatga qoladi. 
Aybini yuvish uchun Sepkilli xolaning o’g’li 
Hakimjonning to’yida(to’yga aytilmagan bo’lsa ham) 
astoyidil xizmat qilib,”kelin salom” marosimida 
kelinga qimmatbaho sovg’a berdi. Xullas,bu 
hikoyadan “folbinning gapiga kirib badnom bo’lib 
qolish, eng yomoni begunoh insonlarning dilini 
jarohatlab 
qo’yish 
mumkin”,degan 
xulosa 
chiqarishimiz mumkin. Ushbu parchada “Dunyoning 
ishlari” qissasidagi qaysi hikoya haqida fikr 
yuritilgan? 
A)”Kaltakesakning dumi” 
B)”Havas” 
C)”Oltin baldoq” 
D)”Qarz” 
3. Qaysi gapda uslubiy xato qo’llangan so’z 
qatnashgan? 
A)Xushbichim qomatiga kiyimlar yarashib turadi. 
B)Sardorning dasxati chiroyli eknligini bilmasdim 
C)Keksalarning chehrasidan nur yog’ilib turadi 
D)Qizning go’zal turqi yigitga yanada maftunkor 
ko’rindi 
4.Qaysi gapda –ar qo’shimchasi bilan hosil qilingan 
orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan? 
A)Kampirning 
ko’zlari 
allanechuk 
olayib 
ketdi,yuzining suyakka yopishgan chandir terisi 
oqardi 
B)Ko’klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. 
C)O’roq mahali o’roqchilarga go’ja,ayron olib 
chiqardik. 
D)Ey volida, duolaring sharofatidan Olloh o’g’lingga 
ko’rish ne’matini qaytardi! 
5.Qaysi gapda imloviy xatolikka yo’l qo’yilgan? 
A)Uzumini ye, bog’ini surishtirma. 
B)Ona tilini unutganlar xor bo’ladi. 
C)U onasi pishirgan ovqatni har doim maqtab yerdi. 
D)U o’z xatosini tushinib yetdi. 
6.Quyida berilganlardan imloviy jihatdan to’g’ri 
yozilgan yasama otlar ajratib ko’rsatilgan javobni 
aniqlang.
1.shavqatsizlik; 2.sermulohaza; 3.muvaffaqiyatsizlik; 
4.xushmuomala; 5.mutaxassislik; 6.mukofot; 
A)3,5 
B)1,2,6 
C)1,3,5 
D)4,6 
7.U 18 yoshidan to 24 yoshigacha bo’lgan davrda ijod 
qildi. Shu qisqa 6-7 yil ichida u besh ta she’rlar 
to’plami, ikki doston hamda to’rt drama yaratdi. 
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? 
A)Cho’lpon 
B)Abdulla Avloniy 
C)Usmon Nosir 
D)Fitrat 
8.Ko’klamning sayroqi qushlari tabiat go’zalliklrini 
kuylamoqdalar,ko’m-ko’k 
ko’katlar 
silkininb 
qushlarni olqishlamoqdalar.
Ushbu 
gapdagi 
gap 
bo’laklarining 
tobelik 
munosabatlari 
haqida 
quyidagi 
berilgan 
qaysi 
ma’lumotlar 
to’g’ri 
emas.
1.Qaratqich 
aniqlovchining 
egaga 
tobelanishi 
kuzatiladi; 2. Sifatlovchi aniqlovchilar egaga va 
to’ldiruvchiga 
tobelangan; 
3. 
Qaratqich 
aniqlovchining to’ldiruvchiga tobelanishi kuzatiladi
4. Hol to’ldiruvchiga tobelnagan; 
A)1,2 
B)1,3 
C)2,4 
D)3,4 
9.Charchamang, ko’zlarim, boqay to’yguncha, 
Bu zavq daryosidan shimir, ey ko’ngil.
Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi 
fikr to’g’ri? 
A) 1 o’rinda ravishdosh shaklidagi o’timsiz fe’l 
qatnashgan 
B)Fe’llarning barchasi kesim vazifasida kelgan 
C)3 o’rinda sof fe’l shaklidagi o’timli fe’llar 
qatnashgan 
D)Buyruq-istak va xabar maylidagi sof fe’llar 
qatnshgan 
10.Maktab 
bog’iga 
mevali 
daraxtlar: 
nok,olma,o’rik va shaftolilar o’tqazing.
Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to’g’ri? 
A)Sifatlovchi aniqlovchiga tobelangan vositasiz 
to’ldiruvchi qatnashgan 
B)Holga 
tobelangan 
qaratqich 
aniqlovchi 
qatnashgan 
C)Vositali to’ldiruvchiga tobelangan sifatlovchi 
aniqlovchi qatnashgan 
D)Uyushiq 
egaga 
tobelangan 
sifatlovchi 
aniqlovchi qatnashgan 
11. qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik 
kuzatilmaydi? 
A)Daraxtdagi 
barcha 
sayroqi 
qushlar: 
sa’va,mayna,bulbul va boshqalar unga jo’r 
bo’libdi. 
B)Tabiat hodisalari; shamol,qor,yomg’ir,do’l o’z-
o’zidan paydo bo’lmaydi. 
C)Yigitlar 
daraxtlarning 
ostini 
yumshatdilar:qizlar maktab hovlisini supurdilar. 
D)Zorqishloq ko’chalarida, adir va soylarida, 
serdaraxt bog’larida-ko’klam namoyishi kezadi. 


12.Ichi 
qora 
insonlar 
o’zgalarning 
muvaffaqiyatini ko’ra olmaydi. Mazkur gapda 
qatnashgan gap bo’laklarining joylashuv tartibi 
qaysi javobda shartrli belgilar asosida to’g’ri 
ko’rsatilgan? 
A)Aniqlovchi,ega,aniqlovchi,to’ldiruvchi,kesim 
B)Aniqlovchi,ega,to’ldiruvchi,aniqlovchi,kesim 
C)Hol,aniqlovchi,ega,aniqlovchi,to’ldiruvchi,kesi

D)Aniqlovchi,ega,aniqlovchi,to’ldiruvchi,hol,kesi

13.So’zdan 
qudratliroq 
kuch 
yo’q,o’tkir 
dailillarning va yuksak fikrlarning ta’sirini inkor 
etib bo’lmaydi. 
Ushbu gap haqidagi berilgan to’g’ri ma’lumotni 
aniqlang. 
A)Gapda hokim qismi to’ldiruvchi vazifasida 
kelgan to’ldiruchili so’z birikmasi qatnashgan 
B)gapda hokim qismi to’ldiruvchi vazifasida 
kelgan holli so’z birikmasi qatnashgan 
C)Gapda hokim qismi aniqlovchi vazifasida 
kelgan to’ldiruvchili so’z birikmasi qatnashgan 
D)Gapda hokim qismi hol vzifasida kelgan 
aniqlovchili so’z birikmasi qatnashgan 
14. quyidagi dostonlarning qaysi birida ota 
davozabon do’sti bilan gaplashib o’tirganida 
yorinin topsish uchun yo’lga chiqqan yolg’iz 
o’g’lini ko;rib qoladi? 
A)Ravshan
B)Kuntug’mish 
C)Oygul bilan Baxtiyor 
D)Alpomish 
15.Qaysi javobda asosi omonim bo’lgan yasama 
so’z berilgan? 
A)Qoramtir 
B)Bo’zarmoq 
C)Yashirin 
D)Otilmoq 
16.Bag’ishlov tarzida bitilgan “Pushkinga”, 
“Gurjiston shoirlariga” she’rlari qaysi ijodkor 
qalamiga mansub? 
A)Sergey Yesenin 
B)Rasul Hamzatov 
C)Erkin Vohidov 
D)Muhammad Yusuf 
17.Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan 
foydalanilmagan? 
A)Mumkin o’lsa ko’rmog’im, ey sarvi ra’no 
surating, 
Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating 
B)Bu kun, ey do’stlar farzandi jononimni 
sog’indim 
Gado bo’lsam ne ayb, ul shohi davronimni 
sog’indim 
C)Fasli navbahor o’ldi ketibon zimistonlar
Do’stlar g’animatdur sayr eting gulistonlar 
D)Orzu qildim: “Tutarmen”,-deb visoli domanin, 
Pora bo’ldi hajr iligida giribon oqibat 
18.Quyidagi berilganlardan qaysilari vazifadosh 
modal so’z bo’la oladi? 
1.chamasi; 2.taxminan; 3.darhaqiqat; 4.ehtimol; 
5.aftidan 6.ham 
A)2,3,5,6 
B)1,4,6 
C)3,4,5 
D)1,2,4,5 
19. Sifatdosh shaklidagi yasama fe’l bilan 
ifodalangan ega qatnashgan qo’shma gapni 
aniqlang. 
A)Mehnat bilan ko’kargan also zavol topmast. 
B)Arpa ekkan arpa olar, bug’doy ekkan bug’doy 
olr 
C)Sabr qilsang, g’o’radan holva bitar,besabrlar 
o’z oyog’idan yitar 
D)Shuni bilki, qimirlagan qir oshar 
20.Gahi topdim falakdin notvonliq, 
Gahi ko’rdim zamondin kamronlig’, 
Base issig’,sovug’ ko’rdim zamonda 
Base achchiq,chuchuk totdim jahonda. 
Navoiy qaysi asarining kirish qismida ushbu 
misralarni keltiradi? 
A)Mahbub ul-qulub 
B)Mjolis-ul nafois 
C)Hayrat-ul abror 
D)Farhod va Shirin 
21.Qaysi javobda berilgan so’zlar o’zaro 
asosdosh so’zlar sanaladi? 
A)sog’inmoq,sog’aymoq 
B)tushlik,tushkun 
C)kuldon,kulgi 
D)qondosh,qonamoq 
22.Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy hayoti va 
ijodi haqida emas? 
A)U chistonnavis shoira sifatida ham o’z 
mahoratini namoyon etgan, uningayniqsa “Anor” 
chistoni juda ham mashhur. 
B)Uning hasbi hol tarzida yozilgan “Dog’ o’ldi, 
dog’ o’ldi” g’azalida shoira hayotning ayrim 
lavhalari,taqdiri uchun muhim bo’lgan haotiy 
holatlar bayon etilgan 
C)Uning farzandidan judo bo’lgan onaning 
iztiroblari,sog’inchi aks ettirilgan “Sog’indim” 
radifli g’azalida oddiygiuna askar o’g’lini suyib 
“Davlatli sultonim” deb kuztishimiz mumkin 
D)U turkey va forsiy tilde yozilgan 20 dan ortiq 
janrdagi ijodiy merosini “Taviz ul-oshiqin” deb 
nomlagan 
23.Navoiyning “Kelmadi” radifli g’azali tahlili 
beriulgan? 
A)G’zalning baytlaridan birida kuz kelib xazon 
sipohi yurish boshlasa, ey bog’bon, bu bog’ 
tomida igndan tikan qilib qo’ysang, monelik qila 
olmaydi” degan mazmun ifoda etiladi. Bu bilan 
zimdan umrning o’tkinchiligiga ishora qiladi 
B)G’azalda majoziy tasvir orqali ilohiy ishq 
kuylanadi,lirik qahramon begona baytda ishqda 


undan ko’ra “avvalqadam” bo’lgan “tolibi sodiq” 
ya’ni pir izlayotganligini ifoda etadi 
C)Shoir g’azalning baytlaridan birida “oy yuzli” 
deb ta’riflaydi, shunga mutanosib ravishda 
maqtada uni “siymbarim” deydi. Oyning oqligi 
bilan siym ya’ni kumushning oqligi o’;rtasida 
vobastalik (bog’liqlik) orqali chiroyli tasvir 
yaratadi 
D)Shoir g’azalning baytlarning birida “jomi jam” 
va Xizr payg’ambar bilan bog’liq talmeh 
san’atining ajoyib namunasini yaratadi 
24.Yoyiq undalma qatnashgan sodda gapni 
aniqlang 
A)Tezroq kel,jon bolam,ovqating sovib qoldi 
B)Bu vodiyni ,o’rtoqlar,markaziy Farg’ona 
deydilar 
C)O’g’lim 
O’rmonjon,bola 
bechorani 
cho’chitmagin,zo’rg’a uxlatdim 
D)Azizxon polvon ishlaydigan joyni ko’rsatib 
qo’ymaysanmi,arslon yigit 
25.Qaysi javobda Mirtemirning “Bu –men 
tug’ilgan tuproq” she’rida haqidagi ma’lumot 
berilgan? 
A)Bu she’riy asarda zolim va bosqinchi shoh 
Kayxusrav qancha begunohlarning qonini ham 
oqizib ham to’ymagani, oxir-oqibat dushmani 
uning boshini kesib unga qarab: “Tiriklikda 
to’ymading sira qon-yoshga, Mana endi to’yib ol 
boshing ko’mib ich”, deya atagani juda ta’sirli 
tasvirlangan 
B)Bu asarda podshoh boshida shoxi borligini 
saqlash 
uchun 
bir 
qancha 
sartaroshlarni 
o’ldirtiradi,ammo oxir-oqibat aybini butun olam 
biladi va xalq orasida badnom bo’ladi 
C)Bu 
she’riy 
asarda 
qahramon 
Kayxusrav,Chingizxon,Oqpodsho sinari zolim va 
bosqinchi shohlar nomini nafrat bilan tilga oladi. 
Lirik qahramon shre’r oxirida vataniga “kim 
nohas o’qraysa ham ko’;zlarini o’yaman “ deydi 
D)Bu asarda ota va qizning qullarga bosh bo’lib 
zolim xonga qarshi isyon qilish aks ettiradi. 
Zolim xon otani o’ldirad 
26.Unda 
Eltarish 
xoqonning 
Tabg’achda 
tarbiyalangan keyinchalik Turk xalqini yig’ib 
“shad” unvonini olgan maslahatchisi va 
sarkardasining qahramonliklari aks ettirilgan?
Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida? 
A)Qutadg’u bilig 
B)Qissasi Rabg’uziy 
C)To’nyuquq bitiktoshi 
D)Boburnoma 
27.Men esa oshig’ing seningf eng g’arib, 
Tundan so’z qarz olib,tongga tutguvchi, 
Sening yoningda ham seni axtarib,Sening 
yoningda ham seni kutguvchi 
Ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub? 
A)Usmon Nosir 
B)Muhammad Yusuf 
C)Mirtemir 
D)To’ra Sulaymon 
28.U 6 oydan beri biror soat mijja qoqib 
uxlamagan… qizidan qolgan 4 yetining kelajagini 
o’ylaydigan mehribon “qora buvi”. 
Ushbu parchada fikr yuritilgan obraz nomi qaysi? 
A)R oqiyabibi 
B)Umri xola 
C)Sharofat aya 
D)Jannat xola 
29.Qaysi 
javobda 
berilgan 
so’zlarning 
ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham 
jarangli yoki jarangsizligiga ko’ra, ham til 
qismlarining harakatiga ko’ra o’zaro bir turga 
mansub emas? 
A)do’ppi-lo’ppi 
B)yonilg’i-yoqilg’i 
C)qovun-qovur 
D)tila-sila 
30.Go’zallik 
insoniy 
tuyg’ularni: 
mehr-
muhabbat,shodlik va erkinlikni kamol toptiradi 
Ushbu gapdagi soda yasama so’zlarning sintaktik 
vazifasini aniqlkang 
A)aniqlovchi,vositasiz to’ldiruvchi,kesim 
B)ega, aniqlovchi,vositasiz to’ldiruvchi 
C)ega,vositasiz to’ldiruvchi,kesim 
D)ega,aniqlovchi,vosutali to’ldiruvchi 
 

Download 92.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling