1. Qaysi javobda berilgan so„zlarning ma‟nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki
Download 288.86 Kb. Pdf ko'rish
|
Fonetika test tungi
FONETIKA TEST 1. Qaysi javobda berilgan so„zlarning ma‟nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko„ra, ham til qismlarining harakatiga ko„ra o„zaro bir turga mansub? A) talaba – g„alaba B) burun – butun C) do„ppi – lo„ppi D) qovun – sovun 2. Matnda jami nechta fonetik hodisa kuzatiladi? Meni beayov qiynadi bular: yorimdan ayrildim; qanotlarim qayrildi, yuzlarim sarg‘aydi. Bir boshga shuncha azob, sanoqsiz kulfat kammi? A) 8 ta B) 9 ta C) 10 ta D) 11 ta 3. Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir. Ushbu gapdagi tagiga chizilga so„z tarkibida qatnashgan undoshlar haqidagi to„g„ri ma‟lumotni toping. A) Jarangsiz lab-lab undoshi qatnashgan. B) Jarangli til orqa undoshi 2 o„rinda qatnashgan. C) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan. D) Jarangli til oldi undoshi 2 o„rinda qatnashgan. 4. Tarkibida unli tovushlar bilan birga faqat jarangsiz undoshlar ishtirok etgan so„zlar berilgan qatorni belgilang. A) bigiz, kuchuk, joziba B) alifbe, andisha, dahshat C) bayon, vazmin, go„zal D) puchuq, hiqichoq, xohish 5. Qaysi qatorda “ng” bir tovushni ifodalagan? A) Torga tor dunyo, kengga keng dunyo. B) Qo„liga uch tanga berib, bolani rozi qilib jo„natibdi. C) Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. D) hammasida “ng” bir tovushni bildiradi. 6. Qaysi so„zlarda jarangli undosh jarangsiz juftiga almashtirilsa yangi so„zlar hosil bo„ladi? A) bir, bol, tong, sut B) bayt, band, dori, dog„ C) dil, dor, ozod, bob D) darz, sud, a‟zo, yod 7. Yopiq bo„g„inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so„zni belgilang. A) g„alla B) kitob C) po„lat D) toshloq 8. Asos va qo„shimchaga ajratish bilan bo„g„inga ajratish teng kelgan so„zlarni toping. 1) o„yna; 2) o„yla; 3) sabrsizlikdan; 4) bargi; 5) suvsizlik; 6) ko„nglim; 7) tongga. A) 2, 3, 5, 7 B) 1, 2, 3, 6, 7 C) 1, 2, 5, 7 D) 1, 2, 4, 7 9. Berilgan qaysi so„zlarda qo„sh undosh bir undosh sifatida talaffuz qilinadi? 1) chaqqon; 2) million; 3) metall. A) 2, 3 B) 1, 2, 3 C) 2 D) 3 10. Qaysi maqoldagi so„zlar tarkibida chuqur til orqa undoshlari ishtirok etmagan? A) Maqtanma, g„oz, hunaring oz! B) Sinamagan otning sirtidan o„tma! C) Aybsiz do„st axtargan do„stsiz qolar. D) O„ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish. 11. Sof o„zbekcha so„zlarni toping. A) musht, ust B) daraxt, barg C) qurt, yilt D) baxt, qurt 12. 1) taroqqa; 2) buloqqa; 3) so‘roqqa; 4) ilikka; 5) kurakka; 6) terakka. Jo„nalish kelishigidagi ushbu so„zlarning qaysi birida so„zning ham asos, ham qo„shimcha qismida tovush o„zgarishi yuz bergan? A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 1, 3 D) barchasida faqat qo‟shimchada o„zgarish yuz bergan 13. Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping. A) Maktabda “O„tkir zehnlilar” musobaqasi bo„lib o„tdi. B) Idoraga bor, senga ham pul berishadi. C) U menga qaradi, men unga qaradim. D) Qorong„u kechada ko„kka ko„z tikib, Eng yorug„ yulduzdan seni so„rayman. 14. Qaysi maqolda ikkita so„z fonetik o„zgarish asosida yozilgan? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling