1. Qaysi organizmlarning yadrosi shakllanmagan irsiy moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylashgan bo’ladi?


Download 21.67 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi21.67 Kb.
#1005119
Bog'liq
Mevagacha 6.3


1. Qaysi organizmlarning yadrosi shakllanmagan irsiy moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylashgan bo’ladi?
1)yashil suvo’tlar 2)ko’k-yashil suvo’t 3)achitqi zamburug’I 4)bakteriya 5)ayrim zamburug’lar
A 1,3,5 B 2,4 C 2,4,5 D 1,4,5

2.Qari hujayralardagi sitoplazmaning vakuolga nisbati to'g'ri keltirilgan javobni belgilang.


A sitoplazma vakuolga qaraganda ko'proq joyni egallaydi
B vakuol sitoplazmaga qaraganda ko'proq joy egallaydi
C vakuol va sitoplazma teng nisbatda butun hujayrani qoplab olgan bo'ladi
D yosh hujayralarnikidek bo'ladi

3.O’simliklarning qoplovchi qavatlarining qaysilarida kutekula va mum (a) va suberin moddasi (b) bo’ladi?


A)a-epiderma b-periderma B)a-periderma b- epiderma C)a- epiderma b-pukak D)a- periderma b-pukak
4.O’simliklarning ksilema {a}va floema {b} larga hos belgilarni juftlab ko’rsating .
1.o’tkazuvchi nay 2.lub parenxemasi 3.yog’ochlik parenxemasi 4. Yog’ochlik tolalar 5.lub tolasi 6.yo’ldosh hujayralar 7.traxeyalar 8.elaksimon naylar
A.a-8.3.7 b-1.5.6 B.a-2.8.4 b-1.5.6
C.a-1.3.4 b-2.5.6 D a-1.5.6 b-2.6.8

5. Ildizning qaysi qismida-hujayralari orasida ildizdagi hujayralar uchun nafas olishda muhim hisoblangan havo bilan to'lgan oraliq bo'shliqlar bo'ladi?


A o'tkazuvchi qism B naylar C po'st Dso'ruvchi qism

6. Yosh ildiz bo’ylamasiga kesib qaralsa bir-biridan farq qiluvchi nechta qism farqlanadi?


A 5 B 4 C 3 D 2

7. Terakning kurtaklari novdada qanday joylashgan bo’ladi?


A ketma-ket B qarama-qarshi C halqa hosil qilib
D ketma-ket va qarama-qarshi

8. Quyidagi o’simliklardan har yili kurtak hosil qilmaydiganini belgilang.


A arpa, ituzum B terak, qayrag’och
C ituzum, qayrag’och D arpa, terak

9.O’raluvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.


1)terak 2)sebarga 3)olma 4)bug’doy 5)no’xat 6)qovoq 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja
A 2 B 9,10 C 6.5.8 D)5,7 48

10. Bandsiz barglar poyaga … bilan birikadi


A barg yaprog'ining pastki qismi B yonbarg
C barg qinchasi D tilchasi

11. Barglarning qaysi jihati o’simlik turlarini farqlashda muhim rol o’ynaydi?


A bargning keng yoki ingichkaligiga
B bargning turiga C tomirlanish xususiyatiga
D bandli yoki bandsiz ekanligiga

12. Barglar asosan novdada qanday tartibda joylashgan bo’ladi?


A qarama-qarshi, halqa hosil qilib, navbat bilan
B ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib
C spiralsimon, qarama-qarshi, navbat bilan
D A va B
13.Saksovul bargiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)bargi juda maydalashib ketgan 2)qipiq shakliga kelib qolgan 3)bargi faqat barg yaprog’idan iborat 4)bargining uzunligi 3-4 mm 5)barg bandi bo’lmaydi
6)bargining uzunligi 2mm
A 1,2,4,5 B 1,2,3,6 C 1,2,3,5,6 D 1,2,5,6

14.Loviyasimon(a) va ovalsimon(b) hujayralar bargning qaysi qismlarida bo’ladi?


1)barg po’stida 2)barg tomirlarida 3)barg etida 4)qavat ustunchalar ostida 5)barg tukchasida
A)a-3,b-5 B)a-4,b-1 C)a-2,b-4 D)a-1,b-4

15.Barg tomirining nay tolalali boylamlarini nimalar hosil qiladi?


1)tomir 2)naycha 3)elaksimon naychalar 4)tola 5)yog’ochlik tolalari
A 1,2,3,4,5 B 1,2,3 C 2,3,4 D 2,3,5

16.Guli qiyshiq bargi qarama-qarshi joylashgan o`simliklarni aniqlang.


1.terak 2.qumrio`t 3.oqquray 4.nastarin 5.rayhon 6.sambitgul
A)4,5 B)2,6 C)3,4 D)5,6

17.Barglari poyada navbat bilan joylashgan bir yillik o`simliklarni aniqlang.


1.pomidor 2.do`lana 3.qumrio`t 4.xolmon 5.g`oza 6.atirgul
A)1,5 B)2,3 C)3,4 D)5,6

18. Changdon nima orqali gulning qaysi qismiga bog’langan bo’ladi?


A changchi; gulqo’rg’on B changchi ipi; gulqo’rg’on
C changchi ipi; gulo’rin D changchi; gulo’rin

19. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang.


1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
A 1,6,9 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12
21.Sachratqining gul formulasini to’g’ri belgilang.
A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)
C Gk0 Gt(5) Ch(5) U(2) D Gk0 Gt(5) Ch5 U1

22. Agar gul qismlari bir emas ikki yoki undan ortiq halqada joylashgan bo’lsa qanday yoziladi?


A har bir halqa qismlari vergul bilan ajratib yoziladi
B “~” belgisi qo’yiladi C har biri qavs ichiga olinadi
D har biri halqadan so’ng “+” belgisi qo’yiladi

23.Changchili gullari bir tupda, urug’chili gullari boshqa bir tupda joylashgan o’simliklarni belgilang.


1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)qarag’ay 9)archa 10)qovoq
A 7,10 B 1,3,4,8 C 1,3,4 D 1,3,4,9

24. Qaysi o’simliklar yo’g’on va uzun gupoyada (a) , kalta va yo’g’on gulpoyada (b) bandsiz joylashgan


A)a-makkajo’xori b-sebarga B)a-piyoz b-qashqarbeda C)a-makkajo’xori b-piyoz D)a-olma b-sebarga

25.Qaysi turdagi topgular yo’g’on va uzun gupoyada (a) , kalta va yo’g’on gulpoyada (b) bandsiz joylashgan ?


A) a-so’ta b- kallakcha B)a-boshcha b-kallakcha C) a-so’ta b- tol D)barchasi

26. Shoxlangan soyabonga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.


1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13
D 6,7,9,14,20

27.Murakkab boshoqqa xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.


1)asosan boshoqli o’simliklarda uchraydi 2)mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi 3)2-3ta gul birlashib oddiy boshoqni hosil qiladi 4)2-3ta gul birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 5)asosiy gulpoya shoxlangan bo’ladi 6)bir nechta boshoq birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 7)bug’doy, arpa, javdar va bug’doyiqda uchraydi 8)zubturumda uchraydi 9)asosiy gulpoya shoxlanmagan bo’ladi
A 1,3,5,6,7 B 1,2,4,5,6,7 C 2,3,6,8,9 D 1,4,5,6,7

28.soyabon to’pgul xos tarifni belgilang?


A)gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan to’pgul
B)gullar bir xil uzunlikdagi bandi bilan gulpoyaning uchiki qismida joylashgan
C)yo’g’on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan
D)kalta va yo’g’on gulpoyada bandsiz gullar joylashgan
29.Murakkab boshoq (1), va murakkab shingil (2) to’pgullar qaysi o’simliklarga xos ?
a) otquloq b) rovoch c) tok d) arpa e) javdar f) bug’doyiq g) zubturum
A) 1-d,e,g 2- a,b,c B) 1- a,b,c 2- d,e,f
C) 1-a,b,g 2-c,d,e D) 1-d,e,f 2-a,b,c

30..bitta mevabargdan (a),bir nechta mevabargdan(b)ikkita mevabargdan (c) iborat mevalarni aniqlang?


A)a-ko’sak b-dukkak c-qo’zoqcha
B)a-qo’zoqcha b-dukkak c-ko’sak
C)a-dukkak b-qo’zoqcha,ko’sak
D)a-dukkak b-ko’sak c-qo’zoqcha



Download 21.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling