1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari
Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari
Download 188.5 Kb.
|
2. Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlariYadroviy aslahalar keng miqyosda odamlarni, sanoat va turar joy markazlarini yo‘q qilish, inshoatlarni, texnikalarni ishdan chiqarish uchun mo‘ljallangan. Yadroviy qurollar: yadro zaryadidan, qurolni nishonga yo‘naltiruvchi qismdan va qurolni boshqaradigan qismidan tashkil topgan. Yadroviy aslahalar turli xil ko‘rinishlarda: bomba, mina, snaryad, raketa va torpedolarning jangovar qismida va boshqa ko‘rinishlarda tayyorlanadi. Yadroviy qurollarning ishlashi zanjirli reaktsiya natijasida (termoyadro reaktsiyasi asosida parchalanadigan og‘ir yadrolar va engil yadrolar, vodorod va boshqa element izotoplarining hosil bo‘lishi) hosil bo‘ladigan ichki yadroviy energiyalarning hisobiga amalga oshadi. Yadroviy qurollarning kuchi trotil ekvivalenti bilan o‘lchanadi. Bu degan so‘z oddiy portlovchi modda trotil (trinitrotoluol) portlaganda ajraladigan energiya miqdori o‘sha portlovchi moddaning portlash kuchiga ekvivalentdir. Trotil ekvivalenti tonna (t.), kilotonna (kt.) va mega tonna (mt.) bilan o‘lchanadi. Yadro qurolidagi portlovchi moddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati I kt-gacha), kichik (1-10 kt), o‘rtacha (10-100 kt), katta (100 kt- I mt) va juda katta (I mt dan yuqori) turlariga bo‘linadi. Yadroviy qurollarning vayronagarchilik darajasi qurolning turiga, quvvatiga, joylashgan o‘rniga, portlash sharoitiga inshoatlarning himoyalanish darajasiga qarab va boshqa sabablar bilan aniqlanadi. Dushman tomonidan qo‘llanilgan qirg‘in qurol oqibatlarini (xalqqa, atrofmuhitga, inshoatga) tugatish va unga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlar, o‘sha qurolning ta’sir etish faktorlarini o‘rganishdan boshlanadi. Yuqorida aytilganidek, yadro aslahasi portlatilganda hosil bo‘ladigan ichki energiya quyidagi ta’sir faktorlariga sarflanadi: jumladan, to‘lqin zarbasi, yorug‘lik nurlanish, radiatsiya nuri, radioaktiv zarrachalar va elektromagnit impuls hamda zararlash zonalari hosil bo‘laishiga olib keladi. Download 188.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling