1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari


Download 188.5 Kb.
bet9/14
Sana04.04.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1328624
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Terini zaharlovchi xususiyatli qurollar guruxiga kiruvchi moddalar par va aerozol holda ishlatilib, ular asosan teri va nafas yo‘llari orqali ta’sir etadi. Bu guruhning tipik vakili iprit-rangsiz, moysimon suyuqlik bo‘lib, organik erituvchilarda yaxshi, ammo suvda yomon eriydi. Iprit har xil g‘ovak materiallarga, lak, moy qoplamalariga rezina mahsulotlariga yaxshi yutilib, ulardan chiqib ketishi juda qiyin. Ipritning zichligi 1,3, qaynash temperaturasi 2170S ga teng. Iprit bilan zaharlangan uchastkalardan uning uchishi sekinlik bilan boradi. Shu sababdan u turg‘un zaharli modda hisoblanadi: ya’ni yozda 7-14 kungacha, qishda bir oy va undan yuqori muddalarda saqlanib turadi. Uning kuchli ta’siri tomchi holda kuzatiladi. Iprit-teri, ko‘z, nafas organlari hamda oshqozonichak yo‘llarini zaharlaydi. Uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi nafas yo‘li orqali ta’sir etganda -1,3 mg/l, teri orqali ta’sir etganda - 5 mg/l. teng. Iprit ta’sirining belgilari: ikki-olti soat ichida terilar qizaradi, 24 soatdan keyin pufakchalar hosil bo‘ladi, 23 sutkadan keyin esa ular yoriladi. Ipritning antidoti yo‘q.
Umumiy zaharlovchi zaharli moddalar. Bu guruh moddalari nafas organlarini ishdan chiqaradi. Odam organizmidagi to‘qimalarni oksidlanish jarayonlarini to‘xtatib qo‘yadi. Bu guruhning tipik vakili - sinil kislotasi-rangsiz suyuqlik bo‘lib, achchiq mindal hidga ega. Uning zichligi 0,7, qaynash xarorati 260S, muzlash xarorati esa -140S. Sinil kislotani zaharli darajasi asabni pallajlovchi moddalardan kuchsiz hisoblanadi. Uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi 1 daqiqada 2 mg/l. Zaharlash belgilari: og‘izda metall mazasini hosil bo‘lishi, tinka qurishi, bosh og‘rig‘i, organizm a’zolarining harakatini yo‘qolishi. Sinil kislotasini antidoti amilnitrit va propil nitrit hisoblanadi.
Xlortsian - o‘ziga xos xidli rangsiz suyuqlik bo‘lib qaynash xarorati 12,60S, muzlash xarorati -6,50S, zichligi 1,22. Uning kuchli ta’siri par holdagisi.
Bo‘g‘uvchi zaharli moddalar. Bu birikmalar nafas organlarini izdan chiqarib, o‘pkani zararlaydi.
Fozgen - xavodan 3,5 marta og‘ir bo‘lgan gazsimon modda. U asosan o‘pka to‘qimalarini ishdan chiqaradi. Uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi 1 daqiqadan 3,2 mg/l. Zaharlash belgilari: ko‘zdan yosh oqizadi, bosh aylanadi, holsizlanish kuzatiladi. Fozgenni antidoti yo‘q.

Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling