1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari


Biologik qurollar quyidagi turlarga bo‘linadi


Download 188.5 Kb.
bet11/14
Sana04.04.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1328624
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Biologik qurollar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. bakteriyalar asosida tarqaladigan kasalliklarga: o‘lat, sibir yarasi

(kuydirgi), vabo, tulyaremiya, sapa va boshqalar;

  1. viruslar orqali kasallik tarqalishi: suvchechak, entsifalitning turli

ko‘rinishlari va boshqalar;
v) rikketsinlar orqali kasallik tarqalishi: cho‘chqa tifi;
g) zamburug‘lar orqali kasallik tarqalishi: blastomikoza,
koktsidiondomikozi, gistoplazmoza va boshqalar.
Yuqumli kasalliklarning toifalari 4-jadvalda keltirilgan.
Shulardan eng xavflisi va bizni o‘lkamizda ko‘proq tarqalishi mumkin bo‘lgan kasalliklardan o‘lat - odam va qishloq xo‘jaligi hayvonlarining eng xavfli yuqumli kasalligi hisoblanib, uning tarqatuvchisi odam organizmidan tashqarida yashash davri qisqa hisoblanadi. Lekin odam so‘lagi bilan chiqqan mikrob 10 kungacha yashashi mumkin.
O‘lat - bilan kasallangan bemorning quvvati ketib, boshi og‘riydi, xarorati ko‘tariladi va ho‘l yo‘talish paydo bo‘ladi.
Vabo - bu ham juda xavfli hisoblanib, uning tarqatuvchisi vabo vibroini mikrobidir. Vabo bilan kasallangan bemorni ichi ketib, qusadi, qaltiraydi va juda ozib-to‘zib ketadi. Agar kasallik davolanmasa tezda o‘ladi.
Sibir yarasi - buni tarqatuvchisi Sibir yarasi mikrobi hisoblanadi. U teri, nafas yo‘li, oshqozon ichak yo‘li bilan kirib, o‘zini ta’sirini ko‘rsatadi. Agar u teriga tushsa avval dog‘ hosil bo‘ladi, so‘ngra u shishib ichiga qon to‘ladi va yorilib yara hosil qiladi. Sibir yarasi bo‘lgan tananing sezuvchanligi ancha pasayib ketadi.
Botulizm - bu kasallikni botulizm toksini tarqatadi. Bu toksin juda zaharli hisoblanadi. Masalan, uning 0,00000012 gr kristal holdagi toksini odamni zaharlashi mumkin. Botulizm kasalligi oshqozon-ichak yo‘li bilan tarqatilib, asosan asosiy asab tizimining, yurak asablarini izdan chiqaradi. Botulizm bilan kasallangan bemor holsizlanadi, boshi og‘rib, ko‘rish qobiliyati pasayadi. Til muskullari pallajlanadi. Kasalning xarorati normal odam xaroratidan ancha past bo‘ladi va bu kasallik o‘z vaqtida davolanmasa o‘lim bilan tugaydi.



Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling