1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari


Download 188.5 Kb.
bet12/14
Sana04.04.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1328624
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4-jadval

Kasallik turi

Kasallikning tarqalishi

Yashirin
kasallik vaqti, kun

Ish faoliyatini yo‘qotish muddati, kun

O‘lat

Kasallangan bemorlardan havo orqali, qurt-qumursqalardan yuqishi orqali

3

7-14

Sibir yarasi

Kasallangan hayvon yungi, terisi ushlanganda, zararlan-gan go‘shtdan

2-3

7-14

Sapa

Yuqoridagiga o‘xshash

3

20-30

Tulyaremiya

Zararlangan suvdan foyda-langanda, kasallangan kemi-ruvchilar bilan munosabatdan

3-6

40-60

Vabo

Zararlangan suv, ovqatdan

3

5-30

Sariq bezgagi

Chivin chaqqanda, kasallangan odam, hayvondan

4-6

10-14

Suv chechak

Zararlangan narsa-buyumdan, kasallangan odam bilan muloqatda

12

12-24

Botulizm

Zaharlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilganda

0,5-1,5

40-60

Respublikamizning ko‘pgina hududlarida ba’zi bir kasalliklarni tarqalish ehtimolligi yuqoridir.
5-jadval Epidemiya jihatidan noqulay viloyatlar

Viloyatlar

Zararlanish turlari

Buxoro

Qrim gemoragik bezgagi

Qashqadaryo

Kuydirgi, qrim gemoragik bezgagi

Andijon

Kuydirgi

Namangan

Kuydirgi

Sirdaryo

Kuydirgi

Surxondaryo

Kuydirgi

Toshkent

Kuydirgi

Farg‘ona

Kuydirgi

Xorazm

Kuydirgi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kuydirgi, kana entsefaliti

Bakteriologik qurollar ishlatilganda suyuq yoki kukun holda erga, o‘simliklarga va suvga tarqatiladi. Bularni esa qurt-qumursqalar tezlikda atrofga tarqatib, biologik qurolning zararlash miqyosi kengayishiga sabab bo‘ladi. Biologik qurollardan saqlanish va uni tarqatmaslik choralaridan biri bu zararlangan mintaqani karantin yoki observatsiya qilish hisoblanadi. Karantin degandan epidemiyaga qarshi rejimli chora-tadbirlarni o‘tkazish (ya’ni, yuqumli kasalliklarni tarqatmaslik) tushuniladi. Karantinda odamlar, hayvonlar va yuklar zararlangan mintaqadan tashqariga chiqarilmaydi, toki kasallik shikastlangan xududdan tashqariga yuqmaydigan holatga kelguncha.
Agar kasallik tarqatuvchi xavfli bo‘lmasa, zararlangan xudud miqyosi kichik bo‘lsa observatsiya omili qo‘llaniladi.
Observatsiya omilida ham izolyatsiya hamda profilaktik-tuzatish ishlari olib borilib, bunda epidemiolog vrachning ruxsati bilan xududdan odamlarni chiqishi va u erdan mol-mulkni chiqarish amalga oshiriladi. Karantinda ham observatsiyada ham dezinfektsiya va dezinsektsiya omillari bajariladi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarini zararlash uchun katta shoxli hayvonlar o‘lati, sibir yarasi (kuydurgisi), sapa, oqsil va boshqa kasalliklarni tarqatuvchilar qo‘llanilib, nafaqat hayvonot dunyosiga balki insoniyat hayotiga ham katta xavf soladi. Masalan: 2001 yilning dastlabki oylarida Buyuk Britaniyada qoramollarning oqsil kasalligi bilan kasallanishi keng miqiyosida tarqalib, bu xavf boshqa Evropa davlatlariga (Belgiya, Frantsiya, Germaniya, Gollandiya, Rossiya va boshqa davlatlarga), hatto Markaziy Osiyo davlatlariga (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Turkmaniston, Xitoy, Quriya davlatlariga) va Avstraliya qit’asigacha tarqalganligi ma’lum bo‘ldi. Bu kasallikni tarqatuvchisi filtrlanuvchi virus hisoblanadi va ular kasallangan mollar so‘lagi, peshobi, axlati bilan tashqi muhitga chiqarib atrofdagi barcha narsalarni: hayvonlarni, buyumlarni, joylarni, fuqarolarni va ularning kiyim-kechaklarini bu kasallik viruslari bilan zararlaydi. Tashqariga chiqarilgan viruslar darhol nobud bo‘lmay, balki uzoq vaqt tirik qoladi, uzoq masofalarga tarqaladi va o‘sha erlardagi hayvonlarning kasallanishiga olib keladi.
Kasallik tarqalishining asosiy manbai: oqsil bilan kasallangan hayvonlar hamda zararlangan joylardan o‘tgan hayvonlar va transport vositalari hisoblanadi.
Oqsil kasalligining boshlanish davrida hayvonlarning ishtahasi yo‘qola boshlaydi, ularning harorati ko‘tariladi - 40-420S darajagacha chiqib ketadi, sigirlar beradigan sutini keskin kamaytiradi, mollarning og‘zidan ipsimon so‘lak oqadi, so‘ngra ularning og‘zida, tilida va lablarida shishlar (aftalar) paydo bo‘ladi, ular bir-ikki kundan keyin yorila boshlaydi va yarachalarga aylanadi. Shu vaqtda hayvonlardan juda ko‘p ko‘piksimon so‘lak oqa boshlaydi. Oqsil kasalligiga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun bu kasallik bo‘yicha karantinga rioya qilish hamda kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha veterenariya-sanitariya qoidalarini bajarish kerak. Kasallangan mollarning: go‘shti, suti, terisi, yungini va boshqa xom-ashyolaridan foydalanish man etiladi. Shuning uchun ham oqsil bilan kasallangan mollar, yoqish yoki ko‘mish orqali yo‘q qilib yuboriladi. Zararlangan em-xashaklar, atrof muhit va joylarni dezinfektsiya omillarini qo‘llash orqali epizootik vaziyatni tugatish imkoniyati yaratiladi.
Qishloq xo‘jalik o‘smliklarini zararlashda esa kartoshka chirishi, zamburug‘li kasallik tarqatuvchilari, hamda qurt qumursqalar (Kollarado qo‘ng‘izi, Chigirtka va boshqalar) va boshqa vositalar orqali amalga oshirilib, epifitotik vaziyat vujudga keladi. Agar bu vaziyat tezda tugatilmasa, katta iqtisodiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.
Demak, yuqorida aytilganlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, qirg‘in qurollarning hamma turlari nafaqat tirik mavjudotlarni jiddiy shikaslantiradi, balki tabiat, o‘simlik dunyosi, jamiyki moddiy resurslarni zararlaydi. Shuning uchun biz doimo unday qurollarni ishlatishdan ogoh bo‘lib, uning ta’sirlariga qarshi barcha chora-tadbirlarni ko‘rib qo‘ygan bo‘lishimiz kerak.

Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling