1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari


Download 188.5 Kb.
bet8/14
Sana04.04.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1328624
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
O‘ldiruvchi - VI-Iks, zarin, zoman, iprit, azotli iprit, sinil kislotasi, xlortsian, fozgen;

  • Vaqtinchalik faoliyatni yo‘qotish - maqsadida Bi-Zet;

  • Qaltiratuvchi - Xloratsetefon, adamsit, Si-Es, Si-Er.

    O‘ldiruvchi zaharli moddalar ta’sir doirasining uzunligiga qarab turg‘un va noturg‘un hillarga bo‘linadi. Ba’zi turg‘un zaharli moddalarning ta’sir vaqti bir necha kundan, xaftalargacha cho‘zilishi mumkin. Mana shundaylar qatoriga VIiks, zoman, iprit kiradi.
    Turg‘un bo‘lmagan zaharli moddalar tezda parchalanib ketadi va ularni ta’sir etish vaqti ham qisqa bo‘ladi. Masalan, sinil kislotasi, xlortsian, fozgen.
    Yana kimyoviy qurollar organizmga ta’sir etish vaqtiga qarab tez hamda sust ta’sir etuvchi hillariga bo‘linadi. Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarga - zarin, zoman, sinil kislotasi, xlortsian Si-Er kirib, ularning ta’siri bir necha daqiqada kuzatiladi. Sekin ta’sir etuvchi zaharli moddalarga VI-iks, iprit, fozgen, Bi-Zet kirib, ular bir qancha vaqtdan keyin ta’siri kuzatiladi.
    Asabni pallajlovchi zaharli moddalar. Bu guruhga fosfor-organik zaharli moddalar kiradi: zarin, zoman, VI-iks. ular hammasi rangsiz, hidsiz suyuqliklar bo‘lib, bir-biridan uchuvchanligi, turg‘unligi va zaharliligi bilan farqlanadi. Bu xususiyatlar ularning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari turlicha bo‘lishligidadir. Lekin bu guruxga kiruvchi qurollarning hammasi bir umumiy ta’sir xususiyatiga ega. Ya’ni ular organizmga kirganda fermentlarni o‘ldirib, hamma asab impulslarini ingibirlaydi, ya’ni sekinlatib to‘xtatiladi va natijada zaharlanish yuz berib, organizm pallajlanadi.
    Zarin - uchuvchan, uchuvchan zaharli modda hisoblanib, zichligi 1,1 qaynash xarorati 1580S, muzlash xarorati esa -560S. U suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Zarin kuchli zaharlovchi modda bo‘lib, uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi 0.10 mg/l (1 daqiqa ichida). Uning par holdagisi kuchli ta’sir etadi, ayniqsa, ko‘z qorachig‘ini tez kichraytirib yuboradi.
    Zarindan zaharlanishning belgilari: mioz, nafas olishning og‘irlashuvi, ko‘krak qafasini og‘rishi.
    VI-iks - yomon uchuvchan, suvda yomon, ammo organik erituvchilarda yaxshi eriydigan, zaharli modda hisoblanadi. Uning zichligi 1,1 qaynash xarorati esa 3000S, muzlash xarorati 500S. VI-iks tarqalgan joylarda turg‘unligi: yozda - bir xaftagacha, qishda esa bir oy va undan ko‘p. Uning kuchli ta’siri aerozol holda kuzatiladi.
    VI-iks nafas yo‘llari, teri, kiyim-kechaklar orqali ham ta’sir etib, odamlarni kuchli zaharlaydi. VI-iksning o‘ldirish dozasi 1 minutda 0,01 mg/l, teri orqali tasir etganda 7 mg/l ni tashkil etadi.
    Zoman - xossalari jihatidan zarin bilan VI-iksni oralig‘idagi o‘rinni egalab, suvda yomon eriydigan zaharli modda. Zaharliligi zarindan 5 marta kuchli, lekin VI-iks dan kuchsiz hisoblanadi.

    Download 188.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling