1. Qishloq xo’jaligida investitsiyalarning mohiyati va ahamiyati Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo’llari
Download 57.48 Kb.
|
JURAYEV BEKZOD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish ko’lamini va samaradorligini oshirish yo’llari 1.Qishloq xo’jaligida investitsiyalarning mohiyati va ahamiyati
Mavzu; 1.Qishloq xo’jaligida investitsiyalarning mohiyati va ahamiyati 2.Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo’llari 3.Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi 4.Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish ko’lamini va samaradorligini oshirish yo’llari 1.Qishloq xo’jaligida investitsiyalarning mohiyati va ahamiyati Barcha tarmoqlarda bo’lgani singari qishloq xo’jaligi tarmog’ida ham biror yo’nalishdagi tadbirkorlikni yo’lga qo’yishda investitsiyalar muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun avvalo turli xarajatlarni amalga oshirish, ya’ni investitsiya mablag’larini sarflash talab etiladi. “Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so’zidan olingan bo’lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo’ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi. Investitsiya faoliyati subyektlari investitsiya loyihalarining barcha qatnashchilari: investorlar, investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar, banklar, sug’urta kompaniyalari, vositachi tashkilotlar, investitsiya fondlari va boshqalar hisoblanadi.Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag’lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo’jaligi korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, avtomatlashtirish natijasida mehnat unumdorligi oshadi ,xarajatlar esa tejaladi. Natijada yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko’payadi va sifati yaxshilanadi, olinadigan foyda summasi oshadi. Bu investitsiyalarni amalga oshirishning tub maqsadidir.Shularni e’tiborga olgan holda respublikada barqaror investitsion siyosat ishlab chiqilgan. U O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi va “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.Barcha sohalar singari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ham investitsiyalarning ahamiyati juda katta. Chunki tarmoqni ustuvor shaklda rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy binoinshootlar, barcha turdagi zarur texnikalar, qishloq xo’jalik mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya inshootlari serunum, tezpishar navlar, mahsuldor chorva mollari zotlari hamda aylanma vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash lozim. Hozirgi davrda investitsion mablag’lar yangi, samarali texnologiyaga hamda intellektual mulkni barpo etishga sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu masalaning to’g’ri, samarali hal etilishi ma’lum miqdordagi investitsiyalar sarflanishini obyektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablag’lari tarmoqda doimiy va o’zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ularni rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa muddatlarga mo’ljallab sarflanishi mumkin. Qishloq xo’jaligining asosiy vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ularni kapital ta’mirlashga sarflansa, unda bu sarflar uzoq muddatga mo’ljallangan bo’ladi. U asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb ataladi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar qishloq xo’jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi, ular odatda qisqa muddatga sarflanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo etilib ularning ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi.Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: kapital investitsiyalar; innovatsion investitsiyalar; -ijtimoiy investitsiyalar. Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishga va ularni takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar deb ataladi. Qishloq xo‘jaligining samarali va barqaror rivojlanishining zаrur shаrti ularni yеtаrlichа investitsiyalаshdir. Agrar siyosаtning muhim vazifasi qishloq xo‘jaliklarini investitsiyalаsh darajasini oshirish uchun qulаy shаrоit yaratishdan iborat. Investitsiya – daromad (foyda) olish maqsadida pul mаblаg‘lari (kapital)ni iqtisodiyot tarmoqlariga uzоq muddatga qo‘yishdir. Ular o‘zlarida asosiy vositalarni yaratish, kengaytirish rеkоnstruktsiyalаsh va tехnik jihatdan qayta jihozlashni, shuningdek bular bilan bog‘liq aylanma fondlar o‘zgarishini аks ettirаdi. Bundan tashqari, investitsiyalar – bu qimmаtli qоg‘оzlarga pаtеntli intеlluktuаl huquqlarga ega bo‘lish va boshqalar. Investitsiyalar daromad (foyda) shakllаntiruvchi yoki mа’lum ijtimoiy sаmаrаga erishuvchi tadbirkorlik faoliyati оb’еktlariga qo‘yilаdi. Investitsiyalar iqtisodiy kategoriyalar uchun quyidagi xarаkterli tuzilishlarga ega: u qishloq xo‘jaligida va tarmoqlarning iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liq bo‘lаdi; resurslarni sаrflаsh va sаmаrа olishni ko‘zda tutаdi; investitsiya qo‘yilmalaridan kеlishi mumkin bo‘lgan sаmаrа ehtimоlitavakkalchilik xarakteriga ega; resurslarni sаrflаsh va sаmаrа olish оrаsida mа’lum (qоidaga ko‘rа, uzоq muddatli) vaqtinchаlik (o‘lchоv birligi) mavjud bo‘lаdi. Invеstitsiоn faoliyat o‘zida yuridik shахs, fuqаrо va davlatning investitsiyalarni rеаlizаtsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlari yig‘indisini ifоdalаydi. Invеstitsiоn faoliyat оb’еktlari quyidagilar: yangitdan tashkil etilgan va rеkоnstruktsiya qilingan asosiy vositalar, shuningdek, xalq xo‘jaligining hammа tarmoqlaridagi aylanma mаblаg‘lar;qimmаtli qоg‘оzlar (аktsiyalar, оbligatsiyalar va boshqa); maqsadli pul qo‘yilmalari; ilmiy-texnika mahsulotlari va хususiy mulkning boshqa оb’еktlari; mulkiy huquq va intеllеktuаl mulk huquqi. Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish va ularni o’zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir. Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag’lar ijtimoiy investitsiyalar deb ataladi. Investitsiyalarni real va moliyaviy investitsiyalarga ham bo’lish mumkin. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag’lar real investitsiyalarni tashkil etadi. Real investitsiyalar kapital qo’yilmalar deb ham ataladi. Kapital qo’yilmalar yalpi va sof kapital qo’yilmalarga bo’linadi. Real investitsiyalarning umumiy summasi yalpi kapital qo’yilmalarni tashkil etadi. Real investitsiyalarni sarflash natijasida ishga tushirilgan qismi sof kapital qo’yilmalardir. Sof kapital qo’yilma yalpi kapital qo’yilma summasiga teng yoki kam bo’lishi mumkin. Qishloq xo’jaligi, jumladan, korxonalar miqyosida yalpi kapital qo’yilmani sof kapital qo’yilmaga aylantirishga alohida e’tibor berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini, ya’ni ishga tushirilishini ta’minlash zarur. Qimmatli qog’ozlarni shakllantirishga sarflangan mablag’lar esa moliyaviy investitsiyalar hisoblanadi. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida moliyaviy investitsiyalar ko’lamini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, fermer xo’jaliklari, agrofirmalarda qimmatli qog’ozlar chiqarib, sotilishini yo’lga qo’yish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak: tender asosida raqobatbardosh loyihalarni tanlash. Bu qishloq xo’jaligida investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta’minlaydi;- qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligi. Qishloq xo’jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalarning iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan bo’lishi zarur. Chunki, ayrim hollarda loyihada belgilangan mablag’lar ko’zda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun yetmaydi va oqibatda ko’zlangan maqsadga erishilmaydi. Bu hol investitsion loyihalar uzoq muddatga cho’zilishiga olib keladi; chet el investorlarini va ularning investitsiyalarini qishloq xo’jaligiga jalb etish. Buning uchun xorijlik tadbirkorlarni mamlakatimiz qishloq xo’jaligida mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlar va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirish, reklamani to’g’ri yo’lga qo’yish hamda investitsion muhitni yanada yaxshilab borish lozim va boshqalar. Barcha omillarni e’tiborga olgan holda sarflanadigan investitsiyalar qishloq xo’jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi, qishloq xo’jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan ta’minlanadi, bog’lar, uzumzorlar barpo etiladi, chorva hayvonlarining mahsuldor zotlari yaratiladi va hokazo. Ular yangi ish o’rinlari barpo etilishini ham ta’minlaydi, qishloq xo’jaligida band bo’lgan tadbirkorlarning bilimlarini, malakalarini yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ularning uyg’unlashishi natijasida tarmoqda yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko’payib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o’z navbatida, aholi va qayta ishlash tarmoqlarining talabi qondirilishini ta’minlaydi, fuqarolarning turmush darajasini yuksaltiradi. Bularning hammasi investitsiyalarning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi. Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati ulkan. Birinchidan, investitsiyalar jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalardagi o’zgarishlar jami talabga yetarlicha ta’sir ko’rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad hajmining ham o’zgarishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, investitsiyalar korxonaning asosiy fondlari jamg’arilishiga, ya’ni ko’payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish kuchlarini kengaytirishga sarf qilingan pul mablag’lari boshlang’ich bosqichda korxona faoliyati natijalariga ta’sir etmasligi mumkin lekin kelajakda iqtisodiy o’sish uchun zarur bazani yaratadi. Uchinchidan, investitsiyalarning noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, xarajatlar o’sishiga olib keladi natijada yalpi milliy daromad qisqaradi. Misol uchun tugallanmagan qurilishning ko’payishi, moddiy resurslar sarfi oshishi to’lanadigan ish haqining ko’payishi hamda ishlab chiqarishning qisqarishi shular jumlasidandir. Ular sarflanayotgan investitsiyalarning qiymati o’sishiga hamda samaradorligi pasayishiga ta’sir etadi. Investitsiyalarning miqdori, dinamikasi va samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: investitsiya amalga oshirilayotgan mamlakatdagi va korxona faoliyatidagi iqtisodiy o’zgarishlarga; davlatning soliq siyosati va banklarning foiz stavkasiga tashqi savdo bo’yicha yuritilayotgan siyosatga valyuta kursi o’zgarishiga; mamlakatning siyosiy hayotidagi barqarorlikka. Download 57.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling