Uchinchi bosqich-tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlarni miqdor jihatdan ishlab chiqish. Psixologiya fani bu bosqichda ko‘plab samarali ma- tematik statistika usullaridan foydalanadi.
Tadqiqotning to‘rtinchi bosqichi olingan natijalarni tushuntirib ber- ishdan iborat. Bu bosqichda to‘plangan va matematik metodlar yordamida ishlab chiqilgan ma’lumotlar psixologik nazariya asosida izohlanadi va tadqiqot gipotezasining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi o‘zil-kesil hal qilinadi.
O‘z -o‘zini tekshirish savollari:
Psixologiya fanining klassifikatsiyasi nimaga asoslanadi ?
Psixologiya fanining tarmoqlarini ta’riflang.
Fannning asosiy printsiplarini tushuntiring.
Fanning izlanish metodlarini aytib bering.
Kuzatish metodlarini izohlang.
Psixologik eksperiment nima ?
Faoliyat maxsulotini psixologik tahlilini tushuntiring.
Psixologik test mazmunini yoriting.
Psixologik tadqiqotning asosiy bosqichlarini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |