1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»
Seskanuvchanlik va tropizmlar
Download 144.61 Kb.
|
psixologiyad004
Seskanuvchanlik va tropizmlar. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan seskanuvchanlik o‘simliklardan tortib hayvonlargacha mavjud. Seskanuvchanlik tirik organizmlarning biologik ahamiyatga ega bo‘lgan (biotik) ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organiz- mlardayoq elementar seskanuvchanlik xususiyati bo‘lib, ular tashqi muhit ta’siriga harakat bilan javob qaytaradilar.
Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga tropizm yoki taksislar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo‘ladi: fototropizm - tirik organizmning yorug‘lik ta’siri ostida harakatga kelishi; termotropizm tirik organizmning issiqlik ta’siri ostida harakat qilishga moyilligi; xemo- tropizm-tirik organizmning ma’lum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo‘lgan moyilligi; topotropizm-tirik organizmning mexanik ko‘zg‘atuvchi ta’siri ostida harakatga kelishi va h.k. O‘simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat. Hayvonlarda ta’sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o‘tish boshqacha hayot tarixi bilan bog‘liqdir. A.N.Leontevning gipotezasiga ko‘ra, sezuvchanlik «genetik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta’surotlar bilan bog‘lovchi, or- ganizmni muhitda mo‘ljal olishga yordam beruvchi, signallik vazifasini o‘tovchi ta’sirlarga javob ta’siridan bo‘lak narsa emas». Yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi organlari (a’zolari tarkib topadi). Narsalarning aslida befarq, ya’ni organik ehtiyojlarni qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo‘lgan. Shu sababdan hatto eng sodda hayvon ham ma’lum sharoitda faqat biotik ko‘zg‘atuvchining paydo bo‘lganidan signal paydo bo‘lganidan signal beruvchi abiotik, indifferent ko‘zg‘atuvchilarga ham javob bera boshlashi mumkin. Yashash usulining o‘zgarishi bilan ko‘p hujayrali organizmlarda ta- nalarining tuzilishi ham murakkablashib boradi, ma’lum turdagi ko‘zg‘atuvchilarni aks ettiruvchi maxsus organlar - sezgi organlari rivojla- nadi, aks ettirish shakllari ham murakkablashadi. Nerv sisitemasi taraqqiyoti sezgi nerv sistemasi taraqqiyoti, sezgi or- ganlarining taraqqiyoti shu bilan birga hayvonlarning hayot kechirish tar- ziga moslashuvchanlik, ijro qiluvchanlik bilan birga, axborot olish jara- yonida bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog‘langandir. Hayvonlar olamida aks ettirishning turli xildagi barcha shakllari orasidagi umumiylik va ularning hatti-harakatlarining mexanizmlarini hisobga olgan holda hayvonlarning instinktiv harakatlari, ko‘nikmalar va aqliy (intellektual) hatti-harakatlari farqlanadi. Download 144.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling