1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»
Inson va hayvonlar psixikasi o‘rtasidagi farqlar
Download 144.61 Kb.
|
psixologiyad004
Inson va hayvonlar psixikasi o‘rtasidagi farqlar. Inson psixi- kasi bilan eng yuksak darajada taraqqiy etgan hayvon psixikasi o‘rtasida juda katta farq borligiga hech qanday shubha yo‘q.
Hayvonlar «tili» bilan inson tilini hech bir jihatdan taqqoslab bo‘lmaydi. Hayvon o‘z tilidagisi boshqa hayvonlarga ayni chog‘dagi vaziyat va hodisalar haqida signal bera oladi xolos. Inson til yordamida boshqa odamlarga o‘tgan, hozirgi va kelgusi zamondagi narsalar haqida ma’lumot bera oladi, ijtimoiy tajribani uzata oladi. Hayvonlar va odam tafakkuri o‘rtasidagi farq ham ular tili o‘rtasidagi farqka bog‘liqdir. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarga faqat amaliy («qul») tafakkuri xos, ularda abstrakt tafakkur yo‘q. Shu sababli hayvon bevosita idrok qilinayotgan vaziyatning quli. Odamning hatti-harakatlari biron-bir konkret vaziyatdan abstarktlashishi va shu vaziyatning natijalarini oldindan ko‘ra olish qobiliyatiga ega. Odamning abstrakt tafakkur qila olish qobili- yati uni muayyan biron vaziyatga bevosita qaramlikdan qutqaradi. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odamni hayvondan ajratuvchi farqlardan biridir. Konkret vaziyatdan tashqari hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyin- chalik qurol sifatida foydalanish uchun saqlab qo‘ymaydi. Hayvondan odamning farqi shundaki, u ilgari o‘ylab qo‘ygan reja asosida qurol yasaydi, qurolni tegishli maksadlarda foydalanadi va uni saqlab q o‘yadi. Odam nisbiy doimiy buyumlar olamda yashaydi. Odam psixik faoliyatining yana bir farqi shundaki, inson o‘zidan key- ingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi. Odam va hayvonlar o‘rtasidagi g‘oyat muhim farqlardan biri, ular hissiyoti o‘rtasidagi farqdir. Albatta yuksak darajada tarqqiy etgan hayvonlar ham atrofida bo‘layotgan voqealarga befarq munosabatda bo‘lmaydi. Lekin odamdagina boshqa odamning qayg‘u va shodligiga qo‘shilish, hamdard bo‘lish hissi rivojlangan. Faqat odamgina tabiat man- zaralaridan lazzatlana oladi, faqat odamdagina intellektual hissiyot mavjud. Yana bir farq odam va hayvonlarning rivojlanish sharoitlaridagi farqdir. Hayvonlarning rivojlanishi biologik qonuniyatlar asosida boradi. Odamning rivojlanishi, uning ongining taraqqiyotida ijtimoiy-tarixiy tara- qqiyot qonunlari ustunlik qiladi.
Download 144.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling