1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Guruhning ichki tuzilishini o‘rganish


Download 144.61 Kb.
bet39/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

Guruhning ichki tuzilishini o‘rganish. Psixologiyada guruhdagii tabaqalanishni (uning ichki tuzilishini) o‘rganish uchun ko‘plab metodlar qo‘llaniladi. Ulardan ikkita asosiylari-sotsiometriya (sotsiometrik surov) va referentometriya metodidir.

Amerikalik psixolog, mikrosotsiolog J.Moreno guruhlarda shaxslararo munosabatlarni o‘rganish uchun shaxslarning birini saylashini (tanlashi, afzal ko‘rishlari) usulini va hissiy afzal ko‘rishlarni qayd qilish texnikasini taklif etadi. Buni u sotsiometriya deb atadi.

Sotsiometriya metodi kichik guruhlarga taaluqli bo‘lgan shaxslararo munosabatlarni o‘rganish va o‘lchashning metodi sifatida taklif qilingan. Sotsiometriya yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh a’zolarida namoyon bo‘ladigan afzal ko‘rinishi, befarqlik yoki xush ko‘rmaslikni miqdoriy me‘yorni aniqlash mumkin. Sotsiometriya guruh a’zolarining bir-birlarini xush ko‘rishlari yoki xush ko‘rmasliklarini o‘rganishda qo‘l keladi. Guruh a’zolarining o‘zlari bunday munosabatlarni anglab ola olmasliklari va ularning mavjud yoki mavjud emasligi haqida o‘zlariga hisob bermasliklari mumkin. Sotsiometriya metodi juda ham te- zkor bo‘lib, uning natijalari matematik usul bilan qayta ishlanishi va yozma shaklda ifoda etilishi mumkin.

Sotsiometrik usulining negizida «Sen kim bilan birga bo‘lishni hohlar eding?» degan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol turadi. U kishilar o‘rtasidagi o‘zaoro munosabatlarni hohlagan bitta partada o‘tirishni, dam olishni, vaqtichog‘lik qilishni, ishlashni hohlarding va hokazo. Qoida tariqasida tanlashning ikki yo‘nalishi-birgalikdagi mehnat qilish sohasidagi va vaqtichog‘lik qilish so- hasidagi yo‘nalishlari tavsiya qilinadi. Bu o‘rinda tanlashning makbulligi darajasida (benihoya istak borligi, bajoundilligi, befarqligi, unchalik istalmayotganligi, sira ham istak yo‘qligi) aniqlik kiritilishi va tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxslar soni cheklangan bo‘lishi ham mumkin. Tanlashlarni sotsiometriya matritsasiga tushirish chog‘ida yanada tahlil et- ish xush ko‘rish va xush ko‘rmaslikning murakkab tarzda chatishib ketgan- ligini, sotsiometrik «yulduzlar» (ularni ko‘pchilik tanlaydi) «bas boy- lash»larning (ulardan hamma o‘zini chetga tortadi) mavjudligini va butun ierarxiyasi ko‘rsatib beradi. Sotsiometriya metodini juda ham tezkor ekan- ligiga shubxa yo‘q va uning yordami bilan guruh ichidagi hissiy intilishlar manzarasi yetarli darajada aniq-ravshan ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Un­ing kuzatishlar yo‘li bilan aniqlash uchun uzoq vaqt sarflashga to‘g‘ri kel- gan bo‘ladi. Har qanday guruhni hosil bo‘ladigan kommunikativ shax- obcha sifatida talqin qilish mumkin.

Lekin sotsiometrik tahlil guruhdagi shaxslararo kommunikativ shax- obchaga juda umumiy tarzda ta’rif berishi mumkin. U nima uchun individ bir xil birliklarda guruhga qarama-qarshi qo‘yilganligi, boshqalarida esa kommunikativ shaxobchadagi bunday uzilish payqamasligini tushunib yet- ishga olib bormaydi. Sotsiometrik texnika yordamida qayd etiladigan bog‘lanishlar sistemasini muqarrar deb hisoblab bo‘lmaydi. Bugungi «yulduz» ertaga yakkalanib qolishi mumkin. Sotsiometriya natijalari bizga bunday o‘zgarishlarning sabablari haqida ma’lumot bera olmaydi. Shuningdek, guruh a’zolari birovlarni rad etib, boshqalarni tanlaganlarida nimalarga asoslanganliklari, guruhning har xil a’zolariga xos xush ko‘rish va xush ko‘rmasliklar zamirida qanday ma’no borligi mavhumligicha qoladi.




Download 144.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling