1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar


Download 144.61 Kb.
bet36/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar: guruh, moslashuv, lider, sotsiometrik usul.

Foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 5, 6, 7.



  1. Guruh haqida tushuncha. Guruh- bu muayyan belgiga, masalan, sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko‘rsatishning mumkinligiga va un­ing xarakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan umumiylikdir. Guruhlarning klassifikatsiyasi ham shunga mu- vofiq tarzda bo‘lib, kichik va katta guruhlarga bo‘linadi - o‘z navbatida ular ham real (bog‘langanlik, shartli formal (rasmiy), hamda noformal (norasmiy) guruhlarga, rivojalanish darajasi turlicha bo‘lgan ya’ni rivojlangan (jamoalar) va yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga (uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga) bo‘linadi.

Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan an- chagina odamlarni o‘z tarkibiga olgan sotsial umumiylikni tashkil qi- ladigan real guruhlar shaklida bo‘lishi mumkin.

Bu xildagi katta guruhlarga korxonaning mehnat jamoasi, yoki ko‘pgina o‘qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o‘zaro aloqada bo‘lmasalar ham, lekin ayni chog‘da bitta rahbarga bo‘ysunadigan, bitta partiya va ka- saba uyushmasi tashkilotiga kiradigan, maktab hayotiga oid hamma uchun umumiy hisoblangan ichki tartibning barcha qoidalariga amal qiladigan kattagina bir maktabning pedagoglar jamoasi kiritilgan bo‘lishi mumkin. Katta guruhlar ba’zan bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari)ga binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli guruhlar shaklida bo‘lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uyushmagan bo‘lmasa ham, lekin bu xildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo‘lgan belgilariga ko‘ra umumiy sotsial va psixologik ta’rifga ega bo‘lishlari mumkin.



44

Kichik guruhlar - hamisha bog‘langan umumiylik bo‘lib, unga kiru- vchi shaxslarning o‘zaro birgalikdagi real harakati va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bilan bog‘langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo‘lishi, ya’ni yuridik jihatdan qayd etilgan xuquq va burchlarga, normativ asosida o‘rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo‘yilgan rahbarlikka ega bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, yuridik jihatdan qayd etilgan statusga ega bo‘lmagan, ammo tarkib topgan shaxslararo munosabatlar (do‘stlik, hayrihohlik, ham- jihatlik, ishonch va shu kabilar) sistemasi bilan ifodalaniladigan norasmiy (ko‘pincha ularni noformal deb ham atashadi) guruhlar ham alohida ajralib turadi. Ular alohida ajralib turadigan umumiylik (masalan, turli maktablar va hunar-texnika bilim yurtlarining mototsikl sportiga qiziqishi umumiyligi negizida birlashgan bir qancha o‘quvchisi) sifatida yuzaga chiqishi va rasmiy guruhlar ichida yetarli darajada barqaror tus kasb etishi (sinfdagi do‘stona ulfat tarzida kirishi) mumkin.

Rasmiy va norasmiy guruhlar o‘rtasidagi chegaralar shartli va nisbiydir. O‘quvchilarning bu xildagi norasmiy guruhlarini shakllantirish o‘qituvchi olib borishi shart bo‘lgan tarbiyaviy ishning muhim vazifasi hisoblanadi.

Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularning klassi- fikatsiyasining eng muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish dara- jasi-shaxslararo munosabatlarning shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayonining natijasidir.

Rivojlanish darajasiga ko‘ra farqlanadigan guruhlarning - diffuz guruhlar, sotsial yo‘nalishdagi uyushmalar, sotsial yo‘nalishga zid uyush- malar va birlashmalar, kollektivlarning psixologik toifasi shu asnoda tarkib topadi.

Guruhiy rivojlanishning tegishli ravishda ancha ifodalangan darajala- rini ko‘rsatadigan (har bir konkret guruh boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan son sanoqsiz oraliq holatlari bilan birga) qat‘iyan beshta pozitsiya alohida ajralib turadi:

Bilvositalikning mumkin qadar yuksak darajasi va faoliyatning shaxslararo munosabatlari bilvosita ifoda etuvchi omillarning eng yuksak sotsial qimmati. Bu jamoadir.

Agar guruhda tegishli tarzda birgalikdagi faoliyat mavjud bo‘lsa, shaxslararo munosabatlarni bilvosita ifoda eta oladigan eng yuksak dara- jadagi sotsial yo‘nalishga ega omillar mavjud bo‘lgan taqdirda bilvositalikning eng past darajasi. Bu sotsial yo‘nalishdagi uyushma (misol uchun studentlarning do‘stona kompaniyasi)dir.

Birgalikdagi faoliyatning yo‘qligi bilan bog‘liq bilvositalikning mavjud emasligi. Bu diffuz guruh (masalan, avtobusdagi yo‘lovchilar yoki umumiy palatadagi bemorlardir).

Shaxslararo munosabatlarning eng yuksak darajasi nosotsial yo‘nalishga ega bo‘lgan bilvosita omillar mavjud sharoitlardagi qandaydir birgalikdagi faoliyatning past darajada bilvosita ifoda etilishi. (masalan, bezorilik qiluvchi o‘spirinlar guruhi). Bu prosotsial uyushmadir.

Faoliyat vositasi ifoda etishning eng yuksak darajasi va bilvosita ifoda etuvchi omillarning eng yuksak daraja aksil ijtimoiy, reaktsion xarakterga egaligi. Bu-birlashma (masalan, mafiya).

Jamoaning yuksak darajada rivojlangan guruh sifatida boshqa guruhlarga nisbatan printsipial jihatdan farqlari tajriba yo‘li bilan kayd etildi. Jamoada faoliyatning samaradorligi bilan o‘zaro his-xayajonli psix­ologik munosabatlarning makbul xarakteri o‘rtasidagi nisbat ijobiy, sust rivojlangan guruhlarda esa salbiy bo‘ladi. Past darajada rivojlangan guruhlarda guruhning miqyosi bilan uning a’zolaridan umumiy ishga eng ko‘p hissa ko‘shish istagi o‘rtasidagi teskari bog‘lanish mavjudligi aniqlandi, guruhning mikyosi yiriklasha borishi bilan jamoadan birgalik­dagi faoliyat ishtirokchilarining motivlari susaymaydi. Tasodifiy guruhda yordamga muxtoj kishiga yordam ko‘rsatilish ehtimoli guruhning mikyosi kengayishi bilan susaya boradi, jamoada esa bunday qonuniyat namoyon bo‘lmaydi va hokazo.

Shunday qilib, birgalikdagi sotsial qimmatga ega shaxs uchun ahamiyatga molik faoliyatning amalga oshirilishi o‘zaro jamoatchilik munosabatlari o‘rnatilishi, individual munosabat bilan jamoa munosaba- tlari o‘rtasidagi ziddiyatlar barham topishini ta’minlaydi. Bunday faoliyat jarayonida shaxslararo munosabatlarda boshqa sharoitlada qayd etilishi mumkin bo‘lmagan alohida hodisalar yuz beradiki, guruh rivojlanishining alohida belgisi sifatidagi jamoatchilik hosil bo‘ladi. Aynan jamoa shaxsning jamiyatga bog‘liqligini ifoda etadi. Shaxs ana shu bog‘liqlik or- qali erkinlikka muvaffaq bo‘ladi.




  1. Download 144.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling