1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


O‘z - o‘zini tekshirish savollari


Download 144.61 Kb.
bet64/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
psixologiyad004

O‘z - o‘zini tekshirish savollari:

  1. Tafakkur deganda qanday psixik jarayonni tushunasiz ?

  2. Qachon tafakkur faoliyati boshlanadi ?

  3. Tafakkurning mantiqiy shakllarini tushuntiring.

  4. Tushuncha, hukm va xulosa chiqarish deganda nimani tushunasiz?

  5. Hukmlar ob’ektiv borliqni aks ettirishiga qarab necha xil bo‘ladi ?

  6. Tafakkurda induktiv va deduktiv xulosa chiqarishni tushuntiring.

  7. Tafakkur jarayonini tushuntirib bering.

  8. Tafakkur turlarini aytib bering.

  9. Tafakkurning individual xususiyatlarini izohlab bering.

  10. Mavhum tafakkur qanday shakllanadi ?

12-mavzu. NUTQ VA MULOQOT

REJA:


  1. Til va nutq faoliyati haqida tushuncha

  2. Tilning vazifalari

  3. Nutq faoliyati haqida tushuncha

  4. Nutq faoliyatining turlari

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar: nutq, til, muloqot, monolog, di- olog, ichki nutq, yozma nutq.

Foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 4, 5, 7



  1. Til va nutq faoliyati haqida tushuncha. Ma’lumki hayvonlar olamidagi aks ettirish shakllari, ularning «tillari» ijtimoiy tajribani uzatish va bu tajribani keyingi avlod tomonidan o‘zlashtirish imkonini bermaydi. Shaxsning rivojlanishi, uning ongining shakllanishi, uning individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy bog‘liq. Kishilarda tilning mavjudligi tufayli ular ijtimoiy tajribani uzatadilar va o‘zlashtiradilar.

Tilning o‘zi nima? Umumiy qilib ta’rif berganda, til belgilar tizimi- dan iboratdir.

Belgi - voqelikning istagan elementlarini qandaydir aks ettirish, uni shartli ravishda belgilashdir. Masalan, avtomobil haydayotib, yo‘limizda uchraydigan ko‘cha harakati belgilariga bog‘liq holda o‘zimizni har xil tutamiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, belgi ma’lum jihatdan qurolga o‘xshaydi. Faqat qurol bizning amaliy faoliyatimizga vositachilik qiladi, belgi esa bizning nazariy va intellektual faoliyatimiz, yuksak psixik funktsiyalarimiz (idrok, tafakkur va h.k.) vositasidir. So‘zning belgi sifat- idagi asosiy xususiyati uning mazmuni, ma’nosidir. «stul» so‘zining ma’nosi shu predmetning barcha ijtimoiy muhim belgilarini, xususiyatlarini (turkumi, vazifasi kabi) o‘zida aks ettiradi.




  1. Download 144.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling