Tafakkurning individual xususiyatlari. Turli kishilarda tafakkur xususiyatlar turlicha tarkib topgan va turlicha namoyon bo‘ladi. Biri kishining o‘zida ham tafakkurning turli xususiyatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Bularning hammasi tafakkurning individual xususiyatlarining aso- sini tashkil qiladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik darajasi, epchillik, fikrlashning tezligi kabilar kiradi.
Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko‘ra bilish va qo‘ya bilishda, undan so‘ng esa uni o‘z kuchi bilan yecha bilishda namoyon bo‘ladi. Tafakkurning mustaqilligida uning ijodiy xarak- teri o‘z ifodasini topgan.
Tafakkurning ixchamligi shundan iboratki, maslani yechishning boshda belgildangan yo‘li (rejasi) asta-sekin yuzaga chiqadigan, avvaldan hisobga olib bo‘lmaydigan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo‘lni o‘zgartira olishdan iboratdir.
Fikrning tezligi biror qarorni qisqa muddat ichida qabul qilingan hollarda talab qilinadi.
Tafakkurning yuqorida ko‘rsatilgan barcha va boshqa juda ko‘p si- fatlari uning asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog‘liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning ayrim individual xususiyatlaridan kat‘iy nazar, muhim tomonlarini ajratib, mustaqil ravishda tobora umumlashtirishga kela bilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |