Qiyosiy pedagogika fanining ta’lim jarayonidagi tutgan o’rni va ahamiyati talaba yoshlarning milliy mafkuraviy qarashlarini shakllantirish, jamiyatning ilg’or nufuzli kuchi sifatida sog’lom e’tiqodli, erkin fikrlovchi, komil insonlarni tarbiyalash yo’llarini aniqlashdan iboratdir. Bu haqida jahon pedagogikasida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda ta’limning amalga oshirilishi, istiqboli to’g’risida batafsi ma’lumotlar beriladi. Shu o’rinda qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bosqichi haqida to’xtalib o’tishimiz joiz.
Fransiyaning ta’lim tizimi boy va qadimiy tarixga ega. Bu еrda «Ta’lim haqida» gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga bir qator o’zgartirishlar kiritilgan. Fransiyaning hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqida» gi Qonuni 1989 yil 10-iyulda qabulqilingan.
Fransiyada ta’lim tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni «Onalar maktabi» deb ham yuritishadi. Bundan ko’zlangan maqsad bolalarning maktabdagi sharoitini o’z sharoiti bilan yaqinlashtirish, ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat.
Fransiya ta’lim tizimida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi.
|