1. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik haqida tushuncha


O`zbek adabiy tili da /o/ tovushi va grafemasining qozoq,qoraqalpoq, qirg`iz, uyg`ur adabiy tillarida muvofiqlari


Download 16.01 Kb.
bet2/5
Sana13.02.2023
Hajmi16.01 Kb.
#1194628
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Qiyosiy-tari-WPS Office

2. O`zbek adabiy tili da /o/ tovushi va grafemasining qozoq,qoraqalpoq, qirg`iz, uyg`ur adabiy tillarida muvofiqlari.
O fonemasi. Bu fonema lablanmagan orqa qator (til orqa) keng unli tovushdir. Adabiy til va shahar shevalarida lablashish holati bor. Samarqand, Buxoro shevalarida to`la lablashgan. Qipchoq shevalarida sof holda qo`llanadi. Masalan, ot, osh, non, bosh, ota, ona, bola, lola, ammo, dono, sanoat, maydon kabilar. Lekin u sof o`zbekcha so`zlarda so`z oxirida deyarli uchramaydi. Misollar: molboqar, qoramol, Barno, Ozoda, Ra’no, ro`mol. O`zlashtirilgan so`zlarda adabiy orfografiyamizdagi o harfi o` funksiyasini bajaradi va deyarli hamma holatda qo`llanadi: bolt, tok, kubok, nota, tom, kurort, futbol, voleybol, basketbol, traktor kabilar.
o, ө unlilari qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘ay, qorachoy-balqar tillarida so‘z boshida diftonglashgan holda talaffuz etiladi: q-qalp. uoq “o‘q”, q-balq. uot “olov”, uon “o‘n”, qoz. uoraq “o‘roq”. Shunga o‘xshash talaffuz singarmonizm saqlangan ayrim o‘zbek shevalarida ham kuzatiladi.
Hozirgi turkiy tilarning, deyarli, hammasida har bir unli paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra oppozitsiya (ziddiyat) hosil qiladi:
Orqa qator unlilar Old qator unlilar
a, o, u ä, ö,ü 
Hozirgi o‘zbek tili bundan mustasno, ya’ni old qator unlilar o‘zaro farqlanmaydi.

3. Tovush mos kelishlari qonuni nimani anglatadi?
QTMning eng asosiy tushunchalaridan biri tovushlarning mos kelish qonunidir. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, ma’lum holat va mavqeda bir tilning (yoki oila ichidagi bir guruhlarning) biror tovushiga (tovushlar birikmasiga) ikkinchi tilda boshqa bir tovush to‘g‘ri keladi. Chunonchi, o‘zbek tilidagi so‘z boshidagi sirg‘aluvchi /y/ undoshiga qozoq tilida portlovchi affrikat /j/ mos keladi: o‘zb. yo‘q ~ qoz..joq. Bu qonunda holat deganda tovushning urg‘uli~urg‘usiz, so‘zning nechanchi bo‘g‘inida qo‘llanilishi anglashilsa, mavqe (pozotsiya) deganda tovushning so‘zning boshida (anslautda), oxirida (auslautda), o‘rtasida (inlautda), ikki unli orasida (intervokalda), qanday unli yoki undosh bilan yonma-yon kelishi tushuniladi va bularning barchasi, shuningdek so‘zning (o‘zak va qo‘shimchalarning) tarixiy-etimologik mansubiyati ham ahamiyatlidir. Jumladan, yuqoridagi o‘zbekcha~qozoqcha tovush mos kelish qonuni turkiy so‘zlargagina taalluqlidir.
Tovush mos kelish qonuni QTTda q o n u n kuchiga, ya’ni mutlaqlik, qat’iylik, doimiylik, hamisha amalda bo‘lishlik kuchiga ega. Agar qonun tilning ma’lum bir taraqqiyot davri uchungina xos bo‘lsa, qonun ichida u o‘z aksini topishi kerak: chunonchi, IX-XIII asrlarda qoraxoniylar davlati adabiy tilida – turkiy xoqoniyda (eski turkiy adabiy tilda) inlaut va auslautdagi interdental /dh/ undoshiga o‘g‘uz shevalarida til-tish /z/ mos kelgan – adhaq~azaq – “oyoq”. Tovush mos kelish qonunidan farqlanuvchi har bir mustasno (holat) albatta sharhlanishi va asoslanishi lozim. Chunonchi o‘zbek tilida janub, jabr… kabi so‘zlar arabiy, juda, jo‘ja… kabi so‘zlar eroniy tillardan olingan, shuning uchun ular har ikkala qozoq va o‘`zbek tillarida ham /j/ bilan qo‘llaniladi. Lekin o‘zbek tilidagi /jo‘nalish/ so‘zi bu tilga qozoq (qipchoq tillari) tilining ta’siri sifatida baholanishi lozim.
Tovushlar mos kelishi bilan bog‘liq ravishda QTTda analogiya qonuni ham amalda. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki. Tilda mavjud bo‘lgan biror qonuniyat yoki hodisa shu qonuniyatga bo‘ysunmaydigan hodisalarga ham ko‘chiriladi. Chunonchi, o‘zbek tilida /q/va/k/ auslautli turkiy so‘zlarga unli bilan boshlanagigan qo‘shimchalar qo‘shilganda bu undoshlar jarangilashadi qishloq~ qishlog‘im, tilak~tilagim. Bu qoniniyat arabiy, eroniy, yevropaviy tillardan olingan so‘zlar uchun amalda emas. Lekin nutqda ar.mantiq~mantig‘i, tadqiq~tadqig‘i, suluk~sulugi;toj.sak~sagi, rus.srok~srog…hodisalarini keng uchratamiz. Bu analogiya qonuni ta’siridir.
Tovushlar mos kelishidan tovushlar almashishinishini farqlash lozim. Tovush almashinuvlari deganda ma’lum bir til ichida yoki qardosh tillarni o‘zaro qiyoslaganda o‘zak va qo‘shimchalarda tovushlarning o‘zaro almashunuvi tushuniladi. Bunday tovush almashunuvlari, asosan, ikki turli bo‘lib, ulardan biri fonetik pozitsion va kombinator ozgarishlardir. Bunday o‘zgarishlar assimilatsiya (jumladan, singarmonizm), dissimilatsiya, metateza, epinteza, prokopa, eliziya, reduksiya, diyerezis v.b ma’lum qoniniyatlar bilan boshqariladi va izohlanadi. Shuning uchun ular fonetik o‘zgarishlar deb nomlanadi. Yondosh tovushlarning o‘zaro ta’siri bilan shartlanadi. Odatda ma’noga daxldor bo‘lmaydi.Masalan, ketdi so‘zini ketti sifatida talaffuz etish va ba’zi hollada yozish ham.


Download 16.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling