1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Download 1.6 Mb.
bet27/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

Oqim hajmi (W) deb, daryo o’zanining berilgan ko’n­dalang qirqimidan ma’lum vaqt (kun, hafta, dekada, oy, yil) davomida oqib o’tgan suv miqdoriga aytiladi. Agar gidrologik kuzatish postida T kun uchun o’rtacha suv sarflari ma’lum bo’lsa, u holda shu vaqt davomidagi oqim hajmi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

W = 86400 T ,


bu erda: ­ hisob vaqti (T kunda)gi o’rtacha suv sarfi, m3/s larda; 86400­ bir kundagi sekundlar soni. Oqim hajmi m3 yoki yirik daryolarda km3 da ifodalanadi.


Yuqoridagi ifodadan ko’rinib turibdiki, oqim haj­mini ixtiyoriy vaqt oralig’i-bir kun, bir oy, bir yil, to’linsuv davri va hokazolar uchun hisoblash mumkin. Buning uchun shu vaqt oralig’idagi o’rtacha suv sarfini (m3/s) uning sekundlarda ifodalangan qiymatiga ko’paytiriladi.
Yillik oqim hajmini hisoblashda o’rtacha yillik suv sarfini bir yildagi sekundlar soniga ko’paytiriladi. Masalan, agar = 25,0 m3/cek bo’lsa, bir yilning 31,54 106 cekundga tengligini hisobga olib, daryodagi yillik suv hajmining

Wy = T = 25,0 m3/cek 31,54 106 cek = 788*106m3= 0,79 km3


miqdorga teng ekanligini aniqlaymiz.
Oqim moduli (M) deb, daryo havzasining birlik yuzasi (1 km2) dan birlik vaqt (bir sekund) ichida litrlar hisobida hosil bo’ladigan suv miqdoriga aytiladi. Oqim moduli quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

M =   ,


bu erda -o’rtacha yillik suv sarfi, m3/sek larda, -havza maydoni, km2 larda, 103-metr kub lardan litrga o’tish koeffitsienti. Oqim moduli l/sek km2 larda ifodalanadi.
Oqim qatlami (U) deb, havzada ma’lum vaqt oralig’ida hosil bo’ladigan oqim hajmining shu havza maydoniga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Agar havza maydoni (km2) bo’lsa, T kundagi vaqt oralig’i uchun oqim qatlami quyidagicha aniqlanadi:
U =  , mm.

Bir yil uchun aniqlaydigan bo’lsak, q 365 kun bo’lib, yuqoridagi ifoda quyidagi ko’rinishni oladi:


U = , mm.


Oqim moduli M =   ekanligini hisobga olib, yillik oqim qatlamini oqim moduli orqali quyidagicha ifodalasa bo’ladi:


U =31,54 M, mm.


Oqim qatlamini aniqlashdan asosiy maqsad o’rga­nilayotgan daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog’inlari va uning bug’langan qismi miqdorlarini taqqoslashdir. Shu sababli ham oqim qatlami millimetrlarda ifodalanadi.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling