1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Download 1.6 Mb.
bet2/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

YOg‘in gradienti-DX yog‘in miqdorining balandlikka bog‘liq holda o‘zgarishini ifodalaydi. Uning qiymatini yog‘in miqdorining balandlikka bog‘liq holda o‘zgarish grafigidan yoki oddiy hisoblashlar yo‘li bilan aniqlash mumkin.
Havo harorati 0-5 °S dan boshlab yog‘inlar qor ko‘rinishida yog‘adi va er sirtida to‘planib, qor qoplamini hosil qiladi. Barqaror qor qoplami, barqaror bo‘lmagan qor qoplami, mavsumiy qor qoplami, ko‘p yillik qor qoplami, doimiy qor qoplami tushunchalari mavjud.
Barqaror qor qoplami-kuz va qishda yog‘ib bahorgacha saqlanadi.
Barqaror bo‘lmagan qor qoplami-kuz va qishning boshlarida yog‘ib erib ketadi.
Mavsumiy qor qoplami-kuz, qish va erta bahorda yog‘ib, shu yilning issiq mavsumida erib ketadi.
Ko‘p yillik va doimiy qor qoplamlari - qutbiy o‘lkalarda va baland tog‘larda uchraydi.
YOmg‘irlar asosan musbat haroratli kunlarda yog‘adi. Ular daryolarning to‘yinishida asosiy manbalardan biri bo‘lib, miqdori, davom etish vaqti, yog‘ish jadalligi va yog‘ish maydoni bilan xarakterlanadi. YOmg‘ir miqdori(X)ning uning davom etish vaqti(T)ga nisbati yog‘ish jadalligi(i) ni belgilaydi:

i =  




Jala yomg‘irlar nisbatan qisqa vaqt davomida, lekin katta jadallikda yog‘adi. Jala yomg‘ir tushunchasi shartlidir. Masalan, Rossiyada yog‘ish jadalligi i ³ 0,5 mm/min shartini bajargan yomg‘irlar jala yomg‘ir deb qabul qilinsa, AQSHda esa i ³ 1,28 mm/min sharti qabul qilingan.
YOg‘in me’yori ma’lum meteorologik stansiyada uzoq yillar davomida olib borilgan kuzatishlar asosida o‘rtacha arifmetik qiymat sifatida aniqlanadi.
Gidrologik hisoblashlarda daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda yog‘in qatlamini aniqlashning quyidagi usullari mavjud:
- o‘rtacha arifmetik usul;
- mediana-tortish usuli;
- kvadratlar usuli;
- izogietlar usuli;
- yog‘in bilan daryo oqimi orasidagi korrelyasiya bo‘yicha tortish usuli.
Relef sharoitidan kelib chiqib, tog‘ daryolari havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlashning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Bu haqda va yuqoridagi usullarning mohiyati, ularni amalda qo‘llash imkoniyatlari haqida tegishli adabiyotlar[3,7,15]da batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Quyida daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini o‘rtacha arifmetik, mediana-tortish, kvadratlar va izogietlar usullari bilan aniqlaymiz.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling