Sinov savollari
1. YOg‘inlarning hosil bo‘lishi mexanizmini eslang.
2. YOg‘in miqdorini belgilovchi omillarni ayting.
3. YOg‘in miqdorini o‘lchash aniqligi qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi?
4. YOg‘in miqdorining o‘lchov aniqligiga tuzatmalar kiritishda nimalar e’tiborga olinadi?
5. YOg‘in gradienti qanday hisoblanadi?
6. Qanday yog‘in turlarini bilasiz?
7. Qor qoplamini tavsiflashda qanday tushunchalardan foydalaniladi?
8. YOmg‘irlarning qanday turlarini bilasiz?
9. Jala yomg‘irlarni aniqlashda asosiy mezon nima?
10. YOmg‘irning yog‘ish jadalligi qanday aniqlanadi?
11. YOg‘in me’yorini aniqlashda nimalarga e’tibor berish lozim?
12. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
13. O‘rtacha arifmetik usulning mohiyatini eslang.
14. Mediana-tortish, kvadratlar, izogietlar usullarining bir-biridan farqlarini eslang.
15. Tog‘ daryosi havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
2-3-amaliy mashg‘ulot
Daryo havzasidan yalpi bug‘lanishni hamda uning tashkil etuvchilarini miqdoriy baholash
Ishning maqsadi
Ushbu amaliy mashg‘ulotning maqsadi talabalarni daryo havzasidan bo‘ladigan yalpi bug‘lanishni hamda uning asosiy tashkil etuvchilaridan biri-suv havzalari (ko‘llar, suv omborlari, daryolar) yuzasidan bo‘ladigan qismini hisoblash usullari bilan tanishtirishdir.
Ishning nazariy asoslari
Tayanch atamalar va iboralar: bug‘lanish, diffuzion bug‘lanish, konveksion bug‘lanish, absolyut namlik, namlik etishmasligi, vozgonka, sublimatsiya, yalpi bug‘lanish, transpiratsiya, bug‘lanishni aniqlash usullari, bug‘latgichlar usuli, suv balansi usuli, turbulent diffuziya usuli, issiqlik balansi usuli, tuproq bug‘latgichlari, suv yuzasidan bug‘lanish, qor qoplamidan bug‘lanish, quruqlikdan bug‘lanish.
Bug‘lanish-suv balansi tenglamasining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik ko‘llar-Kaspiy dengizi, Orol dengizi va boshqa berk suv havzalarida ularga kelib qo‘shiladigan deyarli barcha suvlar faqat bug‘lanishga sarflanadi. Bug‘lanish suv omborlarida ham balansning katta qismini tashkil etadi. Masalan, O‘rta Osiyoning tekislik hududidagi suv omborlarida bug‘lanish qatlami 1200-1600 mm ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |