Oqim koeffitsienti ( ) deb, daryo havzasida hosil bo’lgan oqim qatlamini shu havzaga yoqqan yog’in miqdoriga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Bu kattalik " " harfi bilan ifodalanib, o’lchamsiz kattalik hisoblanadi:
,
bu erda: -oqim qatlami, mm; -yog’in miqdori, mm da.
Oqim koeffitsienti ( ) 0 dan 1 gacha oraliqda o’zgaradi, yahni 0 < < 1 shartni bajaradi.
Oqimning modul koeffitsienti ( ) o’rganilayotgan yilning daryoning oqim mehyori(normasi)ga nisbatan suvlilik darajasining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
,
ifodada: -o’rganilayotgan yildagi o’rtacha suv sarfi, m3/cek da; -o’rtacha ko’p yillik suv sarfi, yahni oqim mehyori, m3/sek da.
Oqimning modul koeffitsientini aniqlab, daryoning ayni yildagi suvlilik darajasi haqida xulosa chiqariladi. Agar > 1 bo’lsa, daryodagi suv mehyorga nisbatan ko’p, = 1 bo’lsa, mehyorga teng, < 1 bo’lsa, o’rganilayotgan yilda daryodagi suv mehyorga nisbatan kamligini bildiradi.
Daryo oqimining yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlarining har biridan ma’lum maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, oqim hajmi haqidagi ma’lumotlar daryoda suv omborlarini loyihalash, suvdan irrigatsiya va boshqa maqsadlarda foydalanishda zarur bo’lsa, oqim moduli, oqim qatlami, oqim koeffitsienti kabi kattaliklar daryo oqimini xaritalashtirishda qo’l keladi.
Quyida daryo oqimi ko’rsatkichlarini hisoblashni Ugom daryosi misolida ko’rib chiqamiz.
1-topshiriq
Ugom daryosining oqim ko’rsatkichlarini hisoblash
Topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar
Berilgan:
1. Ugom daryosidagi Xojikent gidrologik stantsiyasida 1970 yilda kuzatilgan ma’lumotlar asosida aniqlangan xarakterli suv sarflari (3-amaliy mashg’ulot natijalari;
2. Ugom daryosining havza maydoni: F = 869 km2;
3. Piskom meteorologik stantsiyasi ma’lumotlari bo’yicha shu yili havzaga yoqqan yog’in miqdori: X = 1230 mm;
4. Ugom daryosida 1932-1995 yillar davomida o’lchangan suv sarflarining oylik va yillik mehyorlari.
Suv sarflarining oylik va yillik mehyorlari, m3/sek
Oylar
|
Yil
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
XI
|
XII
|
7.3
|
8.1
|
17.0
|
45.1
|
52.6
|
47.6
|
29.3
|
15.4
|
10.2
|
8.9
|
9.1
|
8.2
|
21.7
|
Do'stlaringiz bilan baham: |