5. Daryo havzasi yoki ma’lum hududda hosil bo’ladigan oqim koeffitsienti (h0) berilgan bo’lsa, mehyoriy suv sarfi(Q0), oqim hajmi(W0), oqim moduli (M0), oqim qalinligi(U0)ni hisoblash.
Ushbu masalani 5.4-jadvalda keltirilgan Amazonka daryosi misolida echamiz:
1) Amazonka daryosining yillik mehyoriy oqim qatlami (U0)ni hisoblash:
U0 = h0 · X0 = 0,46 · 2150 mm = 989 mm
2) oqim hajmi(W0) ni hisoblash:
W0 = F · U0 = 6915 · 103 km2 · 989 mm = 6915 ·103 km2 · 989 · 10-6 km = 6838,9 km3 ;
3) yillik suv sarfini hisoblash:
Q0 =
4) oqim moduli(M0)ni hisoblash:
M0 =
6. Hisoblashlar natijalarining tahliliy bayonnomasini tuzish.
Daryolar yoki ma’lum hududlar oqimi ko’rsatkichlarini hisoblash natijalarini tahlil etishda asosiy ehtiborni yuqorida namuna variantlarda echilgan 5 tipdagi masalalarga qaratish lozim. Har bir masalani echishda uning shartida keltirilgan oqim ko’rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni ehtiborga olish zarur. Shu bilan birga oqim ko’rsatkichlari ifodalangan o’lchov birliklarining biridan ikkinchisiga o’tish koeffitsientlarini nazardan chetda qoldirmaslik masalaning to’g’ri echilishini ta’minlaydi.
Sinov savollari
1. Daryo oqimining hosil bo’lishiga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering.
2. Iqlimiy omillar daryo oqimining hosil bo’lishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
3. Tog’ daryolari oqimining hosil bo’lishida relefning ta’siri nimalarda aks etadi?
4. o’rta Osiyo misolida daryo oqimiga antropogen omillar ta’sirini yoritib bering.
5. Daryo oqimini turli o’lcham birliklarida ifodalashda qanday ko’rsatkichlardan foydalaniladi?
6. o’rtacha suv sarfi qanday aniqlanadi?
7. Oqim hajmi qanday hisoblanadi?
8. Oqim modulining tabiiy mohiyatini yoriting.
9. Oqim qalinligi deganda nimani tushunasiz?
10. Oqim koeffitsientiqanday hisoblanadi?
11. Oqimning modul koeffitsientini hisoblashning amaliy ahamiyatini eslang?
12. Tog’ daryolari oqim ko’rsatkichlarining balandlikka bog’liq holda o’zgarishi sabablarini tushuntiring.
13. Daryo havzasi suv muvozanatining kirim va chiqim qismi elementlarini aytib bering.
14. Gidrologik yil o’lkamizda qachondan boshlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |