1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Daryolar suv rejimi fazalarini aniqlash


Download 1.6 Mb.
bet32/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

Daryolar suv rejimi fazalarini aniqlash.
Ishning maqsadi
Mazkur amaliy mashg’ulotning maqsadi talabalarni daryolar suv rejimining davrlari va ularning elementlarini aniqlash usullarini to’la bilib olishga hamda ularni amalda qo’llashga o’rgatishdir.
Ishning nazariy asoslari
Tayanch atamalar va iboralar: suv rejimi davrlari, to’linsuv davri, to’linsuv davrining elementlari, kam suvli davr, toshqin davri, oddiy rejimli daryolar, murakkab rejimli daryolar.

Daryolar suv rejimining yillik o’zgarishini bir necha xarakterli qismlarga ajratish mumkin. Ular suv rejimi davrlari deb nomlanadi. Bu davrlarning o’ziga xos xususiyatlari va ularning davom etishi daryolarning to’yinish manbalari hamda ularning yil davomida o’zgarishi bilan belgilanadi. o’z navbatida bu sharoitlar daryolar havzalarining iqlimiga bog’liqdir.


Suv rejimi davrlari soni turli daryolar uchun turlicha, aniqrog’i ikkitadan to to’rttagacha bo’lishi mumkin. Masalan, tekislik rayonlarida suv rejimining quyidagi to’rt davri kuzatiladi: bahorgi to’linsuv davri (polovodg‘e), yozgi kam suvli davr (mejeng‘), bahorgi yoki kuzgi toshqin davri (pavodok) va qishki kam suvli davr (mejeng‘). Bahzi tekislik daryolarida kuzgi toshqin davri kuzatilmasligi mumkin, yozgi to’lin suv davri uzoq muddatga cho’ziladigan daryolarda esa yozgi kam suvli davr (mejeng‘) kuzatilmaydi.
o’rta Osiyoning yirik daryolarida asosan ikkita davr, bahorgi-yozgi to’linsuv davri va kuzgi-qishki kam suvli davr kuzatiladi.
To’linsuv davri deb, daryoda suvning ko’payishi har yili deyarli bir xil faslda takrorlanadigan va uzoq vaqt (2-6 oy) davom etadigan davrga aytiladi. Bu davrda daryo qayirlari suv ostida qoladi. Suv sathining keskin ko’tarilishi esa ayrim hollarda ko’ngilsiz hodisalarga sabab bo’ladi.
To’linsuv davri turli iqlim mintaqalarida yilning turli fasllarida kuzatiladi. Agar daryoning to’yinishida mavsumiy qor qoplami va muzlik suvlari asosiy o’rin tutsa, bunday daryolarda to’linsuv davri bahor va yozda kuzatiladi. Bahorgi to’linsuv davri kontinental iqlimli tekislik daryolari uchun xarakterlidir. Tog’ daryolari uchun esa yozgi to’linsuv davri xosdir. Masalan, Pomir, Tyanshon va Kavkaz daryolarida yozgi to’linsuv davri kuzatiladi. Musson iqlimli xududlarda (Uzoq Sharq) to’linsuv davri yilning barcha iliq oylarini (bahor va yoz bilan birga kuzning boshini) o’z ichiga oladi. Ekvator daryolarida, jumladan Amazonka, Nil, Niger kabi daryolarda yomg’ir suvlaridan hosil bo’ladigan to’linsuv davri kuz fasliga to’g’ri keladi.
Ayrim daryolarda to’linsuv davri qish oylarida ham kuzatiladi. Bunday rejimli daryolar Janubi-/arbiy Osiyo, Avstraliyaning janubiy qismi, Yangi Zelandiya va Shimoliy Afrikada joylashgan.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling