Erozion metr( ) havzaning necha yil davomida 1 metr qalinlikda yuvilishini xarakterlaydi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
.
Daryo suvining o’rtacha loyqaligi deb, uning hajm birligida mavjud bo’lgan oqiziqlar miqdoriga aytiladi. U bilan belgilanib, quyidagicha hisoblanadi:
,
bu erda: -oqiziqlar sarfi, kg/s larda; -suv sarfi, m3/s larda. Ifodadagi 103 raqami dan ga o’tish koeffitsienti bo’lib, loyqalik g/m3 da ifodalanadi.
Oqiziqlarning eng muhim ko’rsatkichlaridan yana biri ularning granulometrik (mexanik) tarkibidir. Oqiziqlarning granulometrik tarkibi, yahni oqiziqlarning o’lchamlari-fraktsiyalar bo’yicha taqsimlanishini ularning o’rtacha diametri ( ) orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
,
bu erda: -ayrim fraktsiyalar diametri, mm da; shu fraktsiyaga kiruvchi oqiziqlar og’irligining umumiy og’irlikka nisbatan foizlarda aniqlangan qiymati.
Yuqorida bayon etilgan qisqacha nazariy bilimlarni «Gidrologiya asoslari» darsligi yordamida to’ldirish mumkin.
Quyida suv eroziyasi va daryolarning loyqa oqiziqlari ko’rsatkichlarini hisoblashni ayrim daryolar yoki hududlar misolida ko’rib chiqamiz.
Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar
Berilgan:
1) o’rta Osiyo daryolarining havza maydonlari(F, km2);
2) daryolarda kuzatilgan suv sarflarining eng katta, eng kichik va o’rtacha qiymatlari(Q, m3/sek);
3) daryolarda kuzatilgan muallaq oqiziqlar sarfining eng katta, eng kichik va o’rtacha qiymatlari (R, kg/sek).
Ushbu ma’lumotlar 8.1-jadvalda keltirilgan.
Ishni bajarish maqsadida qo’yilgan vazifalar
1) daryo suvining loyqaligi hisoblansin;
2) oqiziqlar oqimi og’irlik va hajm o’lchov birliklarida aniqlansin;
3) yuvilish moduli hisoblansin;
4) yuvilish qalinligi hisoblansin;
5) erozion metr hisoblansin;
6) hisoblashlar natijalari turli daryolar uchun olingan qiymatlarni solishtirish yo’li bilan tahlil qilinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |