1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Download 1.6 Mb.
bet38/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

Yer osti yuvilishi er osti suvlari oqimining tuproq va jinslardagi bo’shliqlarga, yoriqlarga ta’siri tufayli namoyon bo’ladi.
Suffoziya natijasini grunt va er osti suvlarining er sirtiga chiqish joylarida (buloqlarda) kuzatish mumkin. Bunda yuvilish faqat vertikal yo’nalishda emas, balki er osti oqimi uzunligi bo’yicha ham ro’y beradi, lekin bu hodisa bizga ko’rinmaydi.
Daryolar havzalarida suv eroziyasi tabiiy holda kechishi yoki inson omili ta’sirida jadallashishi yoki susayishi mumkin. Shu holatni hisobga olib, suv eroziyasini uning jadalligiga bog’liq holda quyidagicha tasniflash mumkin:
- mehyordagi eroziya yoki tabiiy geologik eroziya;
-jadallashgan eroziya yoki antropogen eroziya.
Mehyordagi eroziyada tuproq yuvilishi uning hosil bo’lish surhatidan katta bo’lmaydi. Jadallashgan eroziyada esa uning aksi bo’lib, tuproq unumdorligi pasayadi.
Bahzan mehyordagi eroziyani tabiiy, tezlashgan eroziyani esa antropogen eroziya deb atashadi. Lekin bu har doim ham to’g’ri emas. CHunki bahzi vaqtlarda tabiiy sharoitda ham tezlashgan eroziya kuzatilishi mumkin. Bahzan esa yuqoridagining aksi, yahni inson xo’jalik faoliyati ta’siri natijasida eroziya jarayonining jadalligi susayishi ham mumkin. Barcha holatlarda suv eroziyasi materiallarining ma’lum qismi daryo oqiziqlarini hosil qiladi.
Daryo oqiziqlarini o’rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ularni o’rganish natijasida to’plangan ma’lumotlardan xalq xo’jaligining juda ko’p tarmoqlari va yo’nalishlarida foydalaniladi. Oqiziqlar rejimini to’g’ri baholay olmaslik bahzan xalq xo’jaligining barqaror rivojlanishiga katta zarar keltiradi.
Daryo oqiziqlari deb suv oqimi bilan birgalikda harakatlanadigan va o’zan hamda qayir yotqiziqlarini hosil qiluvchi qattiq zarrachalarga aytiladi.
Daryo oqiziqlarining hosil bo’lishida tabiiy va xi­miyaviy emirilishlarning ham roli katta. Tabiiy emirilish havo haroratining tebranishi bilan bog’liqdir. Quyosh ra­diatsiyasining miqdoriga bog’liq holda tog’ jinslari kenga­yishi yoki torayishi mumkin. Ma’lumki, turli jinslarning kengayish koeffitsientlari turlichadir.
Ximiyaviy emirilishda asosiy o’rinlarni er osti suv­lari va havo egallaydi. Bu jarayon issiq va shu bilan birga nam iqlimli rayonlarda tez kechadi. Ximiyaviy emirilishga ohaktoshlar, dolomitlar juda oson beriladi. Karst hodi­salari ximiyaviy emirilishlar natijasidir.
Tabiiy va ximiyaviy emirilishlar (nurashlar) ta’siriga uchragan jinslarning og’irlik kuchi, suv, shamol, muzliklar ta’sirida yonbag’irlarda siljishiga, harakatga kelishiga denudatsiya jarayoni deyiladi. Tog’ qoyalarining qulashi, ko’chki ketishi, yonbag’irlarning surilishi kabi ho­disalar denudatsiyaning ayrim ko’rinishlaridir.
Yuqorida aytilgan jarayonlarning hammasi daryo oqi­ziqlari uchun mahsulot tayyorlaydi. Havzaga yoqqan atmosfera yog’inlari, erigan qor va muzlik suvlari ana shu mahsu­lotlarning bir qismini oqizib, daryoga keltirib quyadi. Daryoga keltirib quyilgan mahsulotlarning daryo suvi bilan birgalikda olib ketilishi tranzit deyiladi. Tabiiy, asosan, relef sharoitlarining o’zgarishi tufayli suvning oqish tezligi kamayishi natijasida oqiziqlarning cho’kib, yotqiziqlar hosil qilishi akkumulyatsiya deb ataladi.
Daryo oqiziqlari o’zandagi harakatlanish rejimiga ko’ra muallaq va o’zan tubi oqiziqlariga bo’linadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling