Ko’lning hajmiy egri-bugriligi maxsus koeffitsient (Dv) orqali aniqlanadi:
Oxirgi ifodaga asoslanib fikr yuritiladigan bo’lsa, Dv q 1,0 bo’lsa, ko’l kosasi konussimon, Dv q 3,0 bo’lganda esa-tsilindrsimon bo’ladi. Demak, har qanday ko’l uchun 0v<3,0 sharti bajariladi.
Ko’llarning ma’lum shakl va o’lcham ko’rsatkichlari orasida o’zaro bog’lanishlar mavjud bo’ladi. Ular ko’pchilik hollarda egri chiziq ko’rinishida bo’lib, maydon, nishablik va hajm egri chiziqlari deb nomlanadi.
Maydon egri chizig’i (bahzan batigrafik, ayrim hollarda gipsografik egri chiziq deb ham ataladi) ko’l chuqurligi bilan unga mos keladigan maydonlarni o’zaro bog’laydi (9.2-rasm).
Foizli va nisbiy maydon egri chiziqlari bir-biridan farq qiladi.
Ko’llarning maydon egri chizig’i chizmalaridan ko’llarni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan ilmiy va amaliy masalalarni hal etishda keng foydalaniladi. Masalan, ko’llarning mediana va kvartil chuqurliklarini foizli maydon egri chiziqlaridan aniqlash mumkin.
Ko’l tubi nishabligi egri chizig’ini chizishda ordinata va abstsissa o’qlarining musbat qismlariga mos ravishda nishablik va maydonlarning qiymatlari qo’yiladi.
Hajm egri chizig’i ko’lning chuqurliklari bilan ularga mos keladigan hajmlar orasidagi bog’lanishlarni ifodalaydi. Uni chizishda ordinata o’qiga chuqurliklar, abstsissa o’qining musbat qismiga esa ko’l hajmi qiymatlari qo’yiladi (9.2-rasm).
Foizli va nisbiy hajm egri chiziqlari birbiridan farqlanadi. Foizli hajm egri chizig’ini chizishda chuqurlik absolyut qiymatlarda, hajm esa foizlarda ifodalanadi. Nisbiy hajm egri chizig’i chizmasida esa har ikki kattalik ham foizlarda olinadi.
Ko’rib chiqilgan egri chiziqlarning barchasi, yuqorida tahkidlab o’tilganidek, limnologik va gidrologik tadqiqotlarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Quyida ko’llarning shakl va o’lcham ko’rsatkichlarini aniqlashni Kumushko’l misolida ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |