Ko’lning chuqurligi (hk). Ko’llar gidrologiyasini o’rganishda ularning eng katta(hmax) va o’rtacha(ho’rt) chuqurliklarini aniqlashga zarurat seziladi. Ulardan tashqari ko’llarning nisbiy chuqurligi(hn), ko’lshunoslikka oid ayrim chet el adabiyotlarida esa mediana chuqurligi(h50) va kvartil chuqurliklari(h25, h75) bir-birlaridan farqlanadi:
a) ko’lning eng katta chuqurligi (hmax) ko’llarda bajarilgan chuqurlik o’lchash ishlari natijasida to’plangan ma’lumotlarni solishtirish asosida aniqlanadi;
b) ko’lning o’rtacha chuqurligi (ho’rt) ko’ldagi suv hajmi (Vk)ni ko’lning suv yuzasi maydoni (Fk)ga nisbati sifatida aniqlanadi:
;
v) ko’lning nisbiy chuqurligi (hn) eng katta chuqurlik (hmax)ning ko’lning foizlarda ifodalangan o’rtacha diametriga nisbati sifatida quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
;
g) ko’lning mediana chuqurligi (h50) ko’l kosasining foizlarda ifodalangan gipsografik egri chizig’ida 50% li maydonga to’g’ri keladigan chuqurlikni ifodalaydi;
d) ko’lning kvartil(chorak) chuqurligi(h25, h75)-ko’l kosasining foizlarda ifodalangan gipsografik egri chizig’ida 25 va 75% li maydonlarga to’g’ri keladigan chuqurliklar.
Ko’l tubi nishabligi( ), ko’l kosasining ayrim qismlari yoki umumiy ko’l tubi uchun o’rtacha qiymat sifatida aniqlanishi mumkin. Ixtiyoriy ikki izogips (izobat) orasidagi nishablik quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
,
bu erda: -nishablik, %o da; -izogipslar uzunliklari, km; h-izogipslar farqi, m; -izogipslar bilan chegaralangan maydonlar, km2.
Ko’l tubining o’rtacha nishabligi ( )ni hisoblash uchun quyidagi ifoda taklif qilingan:
,
ifodadagi belgilashlar yuqorida keltirilgan.
Qayd etilgan nishabliklar bilan bir qatorda bahzi chet el maxsus adabiyotlarida ko’lning mediana nishabligi( ) tushunchasi ham ishlatiladi. Bu kattalik ko’lning turli chuqurliklariga mos keladigan suv yuzasi maydonlari (Fi) bilan ko’l tubining nishabligi orasidagi bog’lanishni ifodalaydigan egri chiziqdan foydalanib topiladi. Bu egri chiziqda ko’lning mediana nishabligi 50 % li maydonga to’g’ri keladi.
Ko’l tubining g’adir-budurligi( ) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Shuni tahkidlash lozimki, ma’lum guruhdagi ko’llar tubi g’adir-budurligini solishtirish uchun hisoblashlarda izogips (izobat)lar sonini bir xilda olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |