1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining
Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
Download 1.6 Mb.
|
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish maqsadida qo‘yilgan vazifalar
- Ishni bajarish tartibi
- 1. Suv omboriga yirik daryolar keltirib quyadigan muallaq oqiziqlar miqdori (Wd) ni hisoblash.
- 2. Suv omboriga gidrometrik kuzatishlar olib boriladigan soylar keltirib quygan muallaq oqiziqlar miqdori (W
Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
Berilgan: 1) CHorbog‘ suv omboriga yirik daryolar-CHotqol va Piskom keltirib quyadigan muallaq oqiziqlar sarfi-Rd, kg/sek(10.1-jadval); 2) CHorbog‘ suv omboriga gidrometrik kuzatishlar olib boriladigan kichik daryolar va soylar keltirib quyadigan muallaq oqiziqlar sarfi-Rs, kg/sek(10.2-jadval); 3) O.P.SHcheglovaning CHirchiq daryosi havzasi uchun tuzilgan tuproq yuvilishi kartasi. Ishni bajarish maqsadida qo‘yilgan vazifalar 1) suv omboriga yirik daryolar keltirib quyadigan muallaq oqiziqlar miqdori(Wd) hisoblansin; 2) suv omboriga gidrometrik kuzatishlar olib boriladigan soylar keltirib quygan muallaq oqiziqlar miqdori (Ws) hisoblansin; 3) suv omboriga gidrometrik kuzatishlar olib borilmaydigan soylar suvi bilan qo‘shiladigan muallaq oqiziqlar miqdori(Wh.o.) hisoblansin; 4) suv omboriga yuza oqim bilan uning qirg‘oqbo‘yi maydonidan qo‘shiladigan muallaq oqiziqlar miqdori (Wq.b.) hisoblansin; 5) hisob davrida suv omborida cho‘kkan loyqa oqiziqlar hajmi aniqlansin; 6) suv omborining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borish jadalligi baholansin; 7) hisoblashlar natijalari tahlil qilinsin. Ishni bajarish tartibi CHorbog‘ suv omborining sedimentatsiya balansi tenglamasi elementlarini miqdoriy baholashda gidrometrik kuzatishlar ma’lumotlaridan, O.P.SHcheglovaning tuproq yuvilishi kartasidan va boshqa gidrologik ma’lumotlardan foydalaniladi. Hisoblashlar quyidagi tartibda bajariladi: 1. Suv omboriga yirik daryolar keltirib quyadigan muallaq oqiziqlar miqdori(Wd)ni hisoblash. CHorbog‘ suv omboriga yirik daryolar keltirib quyadigan loyqa oqiziqlar miqdori quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: Wd = SRd.o‘rt · T · n , bu erda: SRo‘rt-CHotqol va Piskom daryolarining 1971-1998 yillar oralig‘idagi hisob davri uchun aniqlangan o‘rtacha ko‘p yillik yig‘indi muallaq oqiziqlari sarfi, kg/s; T-yildagi sekundlar, 31,54 106 sek, n-kuzatish yillari soni. Hisob davri (1971-1998 yillar)da suv omboriga yirik daryolar keltirib quygan o‘rtacha ko‘p yillik yig‘indi muallaq oqiziqlari sarfi 10.1-jadval ma’lumotlari asosida quyidagicha aniqlanadi: SRd.o‘rt = bu erda n-kuzatish yillari soni. SRd.o‘rt va T ning qiymatlarini bilgan holda, yuqoridagi ifoda yordamida yirik daryolar suv omboriga keltirgan loyqa oqiziqlar miqdori aniqlanadi: Wd = 10.1-jadval CHorbog‘ suv omboriga quyiladigan yirik daryolarning o‘rtacha yillik muallaq oqiziqlar sarfi (Rd), kg/sek
Izoh: amaliy mashg‘ulotni bajarishda variantlar 10.1 hamda 10.2-jadvallar ma’lumotlari asosida 5 yillik yoki 10 yillik muddatlar bo‘yicha taklif etilishi mumkin. 10.2-jadval Gidrometrik kuzatishlar olib boriladigan soylarning o‘rtacha yillik muallaq oqiziqlari sarfi(Rs), kg/sek
2. Suv omboriga gidrometrik kuzatishlar olib boriladigan soylar keltirib quygan muallaq oqiziqlar miqdori (Ws)ni hisoblash. Suv omboriga gidrometrik kuzatishlar olib borilgan soylar keltirib quygan loyqa oqiziqlar miqdori (Ws) ham 10.2-jadval ma’lumotlari asosida yuqoridagi tartibda aniqlandi: Ws = SRs.o‘rt · T · n = Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling